Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahonning eng qimmatbaho futbolchilari e'lon qilindi: Ronaldu yuqori o‘nlikka kiritilmadi
«PSJ» klubi va Fransiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe CIES Football Observatory tadqiqot markazi taqdim etgan jahonning eng qimmatbaho futbolchilari reytingining birinchi o‘rnida qayd etildi. Bu haqda tashkilot rasmiy sayti ma'lum qilingan.
Tadqiqot xulosalariga ko‘ra, JCh-2018 g‘olibining joriy transfer qiymati 216,5 million yevroni tashkil etadi. Mbappening narxi o‘tgan oy bilan solishtirganda 23 millionga oshgan. Undan keyingi o‘rinda ko‘rsatilgan hujumchi Harri Keynni («Tottenhem» / Angliya) 197,3 mln yevroga sotib olish mumkin bo‘lsa, yuqori uchlikni yakunlab bergan Neymarga («PSJ» / Braziliya) 197 million yevro narx belgilangan.
CIES talqiniga ko‘ra, eng qimmatbaho o‘yinchilar o‘nligidan Muhammad Saloh («Liverpul», € 173 mln), Filippe Koutino («Barselona», € 171,3 mln), Lionel Messi («Barselona», € 170,6 mln), Rahim Sterling («Manchester Siti», € 164,6 mln), Romelu Lukaku («Manchester Yunayted», € 164,3 mln), Dele Alli («Tottenhem», € 163,4 mln) va Antuan Grizmann («Atletiko», € 157,7 mln) ham o‘rin olgan.
Reytingda «Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronalduning transfer narxi 123,6 mln yevro etib ko‘rsatilgan.
Ma'lumot uchun, CIES futbol rasadxonasi o‘zi ishlab chiqqan ilmiy metodologiya asosida har oy futbolchilar transfer qiymatini hisoblab chiqadi.
Mavzuga oid
09:45 / 25.05.2025
«Bernabeu» Modrich va Anchelotti bilan xayrlashdi. «Real» fanatlari ko‘z yoshlarini tiya olmadi
15:28 / 30.01.2025
Ronaldu: «O‘g‘limga Mbappe yoqadi, u «Dada, Kilian sizdan yaxshiroq» dedi. Men esa «Kim ko‘proq gol urgan?» deb so‘radim»
14:26 / 17.10.2024
Mbappe jinsiy zo‘ravonlikda gumonlanmoqda
10:26 / 02.09.2024