Sport | 19:10 / 07.11.2018
42699
2 daqiqa o‘qiladi

Odil Ahmedov Xitoy chempioniga aylandi

Bugun Xitoy Superligasida 29-tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi.

Tarkibida O‘zbekiston terma jamoasi sardori Odil Ahmedov to‘p surayotgan «Shanxay SIPG» ushbu turda Pekinning «Renhe» klubini qabul qilib, 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. O‘yinda hisob 20-daqiqada Ahmedov tomonidan ochildi.

Ushbu gol Odilning mavsumdagi ilk goli bo‘ldi. U 64-daqiqada zaxiraga olindi.

 

Ushbu bahs bilan parallel ravishda shanxayliklarning jadvaldagi eng yaqin ta'qibchisi «Guanchjou Evergrand» Chongkingda ayni nomdagi jamoa mehmoni bo‘lib, mag‘lubiyatga uchradi (0:2). Natijada chempionat yakunlanishiga bir tur qolganida Ahmedov jamoasi chempionlik masalasini hal qildi.

30 yoshli yarimhimoyachi mavsum davomida «Shanxay SIPG»ning Superligadagi 19 ta o‘yinida qatnashib, ularning barchasida asosiy tarkibda maydonga tushdi va o‘rtacha hisobda 87 daqiqadan to‘p surdi. U bugungi golini urgunga qadar 3 ta samarali pas muallifi bo‘lgan edi.

Youtube'da ko‘rish

Mover.uz'da ko‘rish

Mavzuga oid