Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda «Tramadol» sotuvchilari qo‘lga olindi
Ma'lumot berilishicha, 30 oktabr kuni Toshkent shahrining Chilonzor tumanida poytaxt IIBB xodimlari tomonidan 28 yoshli V. B. qo‘lga olingan. Uning yonidan 8 dona «Tramadol» dori vositasi tabletkalari topilgan.
2 noyabr kuni IIBB xodimlari tomonidan Olmazor tumanida «Tramadol» dorisini sotishda gumonlanib 29 yoshli M. M. ushlangan. Uning avtomobili tekshirilganida mashina salonida erkin sotish taqiqlangan 23 quti «Tramadol» dori vositasi borligi aniqlangan.
Bundan tashqari Chilonzor tumanida giyohvandlik vositalarini saqlashda gumonlanib 32 yoshli E. Sh. to‘xtatilgan. Uning yonidan 50 dona «Tramadol» tabletkasi topilgan.
Qayd etilishicha, yuqorida aytib o‘tilgan holatlar yuzasidan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bo‘yicha gumonlanuvchilarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Mavzuga oid
16:26 / 27.05.2025
Markaziy Osiyoning eng yaxshi shahri aniqlandi
14:30 / 27.05.2025
Poytaxt bosh rejasi interaktiv xaritada: unda nimalar aks etgan?
11:16 / 24.05.2025
Toshkentda 22 yoshli yigit ko‘chada tanishini pichoqladi
09:39 / 23.05.2025