Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qariyb o‘n yildan buyon xalqaro qidiruvda bo‘lgan qotil O‘zbekistonda qo‘lga olindi
Jinoyatchi Toshkent viloyati hududida qo‘lga olindi, deb xabar bermoqda «Kazinform».
«Turkiston viloyati politsiya departamentining kriminal politsiya xodimlari tomonidan qotilligi uchun xalqaro qidiruvda bo‘lgan Tojikiston Respublikasi fuqarosini qidirish va qo‘lga olish bo‘yicha operatsiya muvaffaqiyatli yakunlandi», - deb ma'lum qildi Qozog‘iston IIV rasmiy vakili Almas Sadubayev.
Qayd etilishicha, u qariyb o‘n yil davomida odil sudlovdan yashirinib yurgan.
«Jinoyatchining joylashgan manzili haqida o‘zbekistonlik hamkasblarimiz xabar qilishdi. Ikki davlat politsiyasining yaqin hamkorligi natijasida u O‘zbekiston Respublikasining Toshkent viloyatida qo‘lga olindi va qilmishiga yarasha jazo oladi», - dedi Almas Sadubayev.
Mavzuga oid
16:26 / 27.05.2025
Markaziy Osiyoning eng yaxshi shahri aniqlandi
14:30 / 27.05.2025
Poytaxt bosh rejasi interaktiv xaritada: unda nimalar aks etgan?
11:16 / 24.05.2025
Toshkentda 22 yoshli yigit ko‘chada tanishini pichoqladi
09:39 / 23.05.2025