O‘zbekiston | 21:53 / 08.11.2018
3872
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonning Belgiyadagi elchisi Jahon bojxona tashkiloti rahbari bilan uchrashdi 

O‘zbekistonning Belgiyadagi Favqulodda va Muxtor elchisi Dilyor Hakimov Jahon bojxona tashkiloti (JBT) bosh kotibi Kunio Mikuriya bilan Bryusselda uchrashuv o‘tkazdi.

Hakimov Mikuriyaning mandati yangi 5 yillik muddatga uzaytirilgani bilan tabrikladi. O‘z navbatida Mikuriya O‘zbekistonga bu lavozimga qayta saylanishida ko‘rsatgan qo‘llab-quvvatlovi uchun minnatdorlik bildirgan.

Mikuriya jahon hamjamiyati O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev boshchiligida oxigi yillarda O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan katta ko‘lamli islohotlar ortidan katta qiziqish bilan kuzatayotgani va JBT bunda chegaralarning ochiqligi, O‘zbekiston bozoriga kirish va Markaziy Osiyodagi qo‘shni davlatlar bilan savdo-iqtisodiy aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan ijobiy trendni ko‘rayotganini ta'kidlab o‘tgan.

Uchrashuvda JBT O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga qo‘shilishdagi sa'y-harakatlarini qutlashi va JSTga kirishida ko‘mak ko‘rsatishga tayyorligi ta'kidlab o‘tilgan.

Mikuriyaning ta'kidlashicha, O‘zbekistonning JSTga kirishi milliy iqtisodiyotning jahon savdo tizimiga integratsiyalashuviga turtki beradi, o‘zbek mahsulotlarining raqobatbardoshligini oshiradi.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid