Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Murodjon Ahmadaliyev ilk kamarini himoya qilish uchun amerikalik bokschiga qarshi ringga ko‘tariladi
Olimpiada va jahon chempionati sovrindori Murodjon Ahmadaliyev professional boksdagi beshinchi jangini 24 noyabr kuni AQShda o‘tkazadi.
Atlantik Sitidagi «Hard Rock Hotel & Casino» arenasida o‘tkaziladigan jangda Ahmadaliyevga amerikalik charm qo‘lqop ustasi Isak Zarate raqiblik qiladi. Murodjon ushbu jangda o‘zining WBA InterContinental kamarini himoya qiladi. U avgust oyida chililik bokschiga qarshi ringga ko‘tarilib, raqibini birinchi raunddayoq nokautga uchratgan edi.
Ma'lumot uchun, Murodjon Ahmadaliyev professional ringdagi faoliyati davomida 4 marotaba ringga chiqib, ularning barchasida g‘alaba qozongan. G‘alabalarning 3 tasini nokaut evaziga qo‘lga kiritgan.
Zarate esa 22 ta jang o‘tkazib, 16 ta g‘alabaga erishgan. 3 ta jangda mag‘lub bo‘lgan. Yana 3 ta jangda esa durang qayd etgan.
Mavzuga oid
08:15 / 18.05.2025
O‘zbekistonlik bokschilar Polshadagi turnirda birinchi bo‘ldi
09:25 / 04.05.2025
Murodjon Ahmadaliyev mutlaq jahon chempioniga qarshi jang qiladi
09:20 / 13.04.2025
Shahram G‘iyosov navbatdagi raqibini nokautga uchratdi (video)
10:12 / 06.04.2025