Sport | 16:15 / 10.11.2018
4460
2 daqiqa o‘qiladi

Neymar «odobli yigit» bo‘lib yurgani uchun unga pul to‘lanayotgani rad etildi

«PSJ» hujumchisi Neymarning rasmiy sayti Football Leaks tarqatgan axborotga raddiya e'lon qildi. Kecha ushbu surishtiruv guruhi ma'lumotiga tayanib, qator nashrlar Parij grandi futbolchilarga chiroyli xulq-atvori uchun ham pul to‘lashi haqida xabar tarqatgandi.

«Ushbu yangilik son-sanoqsiz mas'uliyatsiz OAV orqali qayta-qayta nashr etilmoqda. Bu ham navbatdagi yolg‘on yangiliklardan biri», - deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, kechagi xabarda Neymar haftasiga 375 ming yevro, Kilian Mbappe 117 ming yevro, Dani Alves, Edinson Kavani va Anxel Di Mariya – 70 ming yevrodan, Tiago Silva – 33 ming yevro bilan taqdirlanayotgani ma'lum qilingan. Bu mablag‘lar ularning o‘yindan oldin va keyin muxlislarni olqishlashi, mashg‘ulotlarga vaqtida kelishi va klub obro‘siga putur yetkazmasligi uchun to‘lanayotgani aytilgan edi.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid