Sport | 10:50 / 12.11.2018
4039
3 daqiqa o‘qiladi

Bundesligada tur yakunlari: «Bavariya» beshinchi o‘ringa tushib qoldi

«Ayntraxt» Bundesliganing 11-turida «Shalke 04» bilan o‘ynadi. Frankfurtdagi «Kommertsbank-Arena» stadionida kechgan uchrashuv maydon egalarining 3:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

O‘yindagi birinchi gol Luka Yovich tomonidan urildi, u 61-daqiqada Ante Rebichning pasidan unumli foydalandi. Ikkinchi bo‘lim davomida Yovich dublni rasmiylashtirdi, ikkinchi gol urilishida unga yarimhimoyachi Filip Kostich assistentlik qildi. O‘yinning 80-daqiqasida hujumchi Sebasten Aller hisobni yirik ko‘rinishga keltirdi.

Bu g‘alabadan keyin «Ayntraxt» ochkolari sonini 20taga yetkazdi va Germaniya chempionati turnir jadvalida to‘rtinchi o‘ringa ko‘tarildi, frankfurtliklar to‘plar nisbati ustunligi evaziga Myunxenning «Bavariya»sini ortda qoldirgan (20). «Shalke 04» esa 10 ochkosi bilan 14-o‘rinda joylashgan.

Keyingi turda «Ayntraxt» «Augsburg» mehmoni bo‘ladi, «Shalke 04» «Nyurnberg»ni qabul qiladi. Ikki o‘yin ham 24 noyabrga belgilangan.

Germaniya chempionati
11-tur
Ayntraxt F – Shalke 3:0 (0:0, 3:0)

Gollar: 1:0 – 61 Yovich, 2:0 – 73 Yovich, 3:0 – 80 Aller.
Ayntraxt F – Trapp, Abraam, Xasebe, Ndika, da Koshta, de Guzman, Fernandes (Shtendera, 87), Kostich (Tavatxa, 90), Rebich, Aller, Yovich (Gachinovich, 82).
Shalke – Fermann, Stambuli, Sane, Nastasich, Bentaleb, Kalidjuri, Shopf, Serdar (Makkenni, 65), Ut (Konoplyanka, 54), Embolo (Xarit, 83), Burgshtaller.
Ogohlantirishlar: Bentaleb (31), Sane (73).

Bu turda «Bavariya» Dortmundning «Borussiya» klubiga yutqazgandi (2:3).

Jamoa endi turnir jadvali peshqadami bo‘lmish dortmundliklardan 7 ochko ortda qolgan. Startdagi 11 turda 20 ochko olish – «Bavariya»ning keyingi 8 yildagi eng yomon ko‘rsatkichidir. 2010/11 yilgi mavsumda Lui van Gaal jamoasi mavsum boshidagi 11 o‘yinda 16 ochko olgandi. O‘sha mavsumda «Bavariya» ikkinchi o‘rinni egallagandi.

«Bavariya» hali hech qachon 11 turdan keyin turnir jadvali peshqadamidan 7 ochko qolgan mavsumida chempion bo‘la olmagan. 

Tur o‘yinlari

Turnir jadvali

Mavzuga oid