Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda ayrim ma'lumotlarni rasman chop etish bo‘yicha cheklovlar olib tashlanadi
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining “Ayrim ma'lumotlarni rasman chop etish bo‘yicha cheklovlarni olib tashlash to‘g‘risida”gi qarori loyihasi joylashtirildi.
Hujjat bilan quyidagi ma'lumotlarni rasman chop etish bo‘yicha cheklovlar olib tashlanishi mumkin:
O‘zbekiston Respublikasi foydali qazilmalarining umumiy zaxiralari, qazib olingan (ishlab chiqarilgan), sotish hajmlari va mablag‘larning taqsimlanishi to‘g‘risidagi ma'lumotlar;
O‘zbekiston tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi, “Olmaliq KMK” AJ va “Navoiy KMK” DKlarning 2013 yildan boshlab milliy yoki xalqaro standartlar asosidagi moliyaviy hisobotlari;
2017 yil 1 yanvar holatigacha bo‘lgan yillik davlat oltin valyuta zaxiralari miqdori va ularning tarkibiy tuzilmasi;
davlat va davlat tomonidan kafolatlangan (ichki va tashqi) qarzlarining umumiy hajmi, manbalari, valyutalari, foiz stavkalari, muddatlari hamda qarzdor tashkilotlar kesimida o‘zlashtirish va qaytarish to‘lovlari bo‘yicha ma'lumotlar.
Qayd etilishicha, mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi bosh vazirining o‘rinbosarlari J.A.Qo‘chqorov, S.R.Xolmurodov, A.S.Sultonov va O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi raisi B.A.Begalov zimmasiga yuklanadi.
Mavzuga oid
23:02 / 27.12.2024
Toshkentdagi ko‘chalardan biri salkam uch haftaga yopiladi
19:10 / 25.12.2024
Tashkent City bog‘ida 10 yanvargacha avtomobillar harakati cheklanadi
15:06 / 29.11.2024
Bitta shaxs nomiga ochiladigan bank kartalarining soni bo‘yicha cheklovlar qanday bo‘ladi?
19:30 / 24.10.2024