Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentdagi ko‘chalardan biri salkam uch haftaga yopiladi
Poytaxt hokimligi Kichik halqa avtomobil yo‘lining Maxtumquli ko‘chasi bilan kesishmasidagi yondosh yo‘l qismi barcha harakat ishtirokchilari uchun yopilishini ma’lum qildi.
Toshkent shahar hokimligi Yashnobod tumanidagi ko‘chalardan biri salkam uch haftaga yopilishini ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, Yo‘l qurilish-ta’mirlash ishlari sababli Kichik halqa avtomobil yo‘lining Maxtumquli ko‘chasi bilan kesishmasidagi yondosh yo‘l qismi 2024 yil 28 dekabrdan 2025 yil 15 yanvargacha barcha harakat ishtirokchilari uchun yopiladi.
«Ushbu davr mobaynida boshqa muqobil yo‘llardan foydalanishingizni tavsiya qilamiz. Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz», — deyiladi xabarda.
Avvalroq Tashkent City bog‘i ichida, jumladan, O‘qchi, Yangi Toshkent, Zargar ko‘chalarida 2024 yil 25 dekabrdan 2025 yil 10 yanvarga qadar transport vositalarining harakatlanishiga cheklov kiritilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Mavzuga oid
08:37 / 02.05.2025
Toshkent ko‘chalaridan birida mashinalar harakati vaqtincha to‘xtatildi
08:09 / 29.04.2025
Toshkentdagi ko‘chalardan biri 24 soatga yopildi
14:59 / 28.04.2025
Toshkentda gullar festivali munosabati bilan ayrim ko‘chalarda transport harakati cheklanadi
11:37 / 22.04.2025