Jamiyat | 16:00 / 13.11.2018
21444
1 daqiqa o‘qiladi

Foto: Samarqand FVB otryadi quduqqa tushib ketgan sigirni qutqardi

Samarqand viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Navbatchi-dispetcherlik xizmati quduqqa tushib ketgan sigirni qutqarishdi.

13 noyabr kuni soat 11:00 atrofida Shokir Abdullayevning murojaati asosida FVB qutqaruv otryadi Samarqand shahri «Vatanparvar» mahallasidagi 5-uyga yetib kelib, hovlidagi 12 metr chuqurlikka ega bo‘lgan eski quduqdan zotli sigirni  chiqarib olishgan.

Mutaxassislarning hisob-kitobi bo‘yicha o‘rnatilgan qutqaruv moslamalari yordamida sigir 50-60 daqiqa ichida quduqdan chiqarilib, egasiga sog‘lom holatda topshirilgan.

 

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid