Desham Grizmann va Mbappe o‘rtasidagi raqobat haqida gapirdi

Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi Dide Desham ikkita yetakchi - Antuan Grizmann va Kilian Mbappe munosabatlari qanday ekanini aytdi.
«Mbappe va Grizmann o‘rtasida raqobat yo‘q, ular bir-biri bilan kimo‘zar o‘ynamoqchi emas. Har ikkalasi ham navbati bilan o‘zini namoyon qilmoqda, ba'zan esa birgalikda. Ular jamoa uchun vaziyatlarni yaratish va gol urishga intilmoqdalar. Ular o‘rtasida raqobat yo‘q», - deb Desham so‘zlarini keltirmoqda L`Equipe.
Qayd qilish joizki, Grizmann Fransiya terma jamoasi safida 65 ta o‘yinda maydonga tushib, 26 ta gol urgan. Mbappe 26 ta o‘yinda raqib darvozasini 10 marta ishg‘ol qilgan.
Mavzuga oid

15:28 / 30.01.2025
Ronaldu: «O‘g‘limga Mbappe yoqadi, u «Dada, Kilian sizdan yaxshiroq» dedi. Men esa «Kim ko‘proq gol urgan?» deb so‘radim»

14:26 / 17.10.2024
Mbappe jinsiy zo‘ravonlikda gumonlanmoqda

10:26 / 02.09.2024
Mbappe «Real»da ilk gollarini urdi, «Liverpul» «MYu»ni yakson etdi

10:24 / 30.08.2024