Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jizzaxda yuk mashinasi YTH oqibatida yonib ketdi, kuygan holdagi jasad topildi
15 noyabr kuni Jizzax viloyatining G‘allaorol tumanida yashovchi E.A. boshqaruvidagi “ZIL-130” rusumli yuk avtomashinasini “Ko‘kgumbaz” MFY hududidan o‘tuvchi M-39 “Toshkent-Termiz” yo‘lining 1014-km.da haydab ketayotib, o‘zidan oldinda harakatlanib ketayotgan Samarqand viloyatida yashovchi H.M.ning boshqaruvidagi “Isuzu” rusumli yuk avtomashinasi bilan to‘qnashgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, shundan so‘ng beton to‘siqqa urilishi oqibatida yuk avtomashinasida yong‘in sodir bo‘lgan. Ko‘rilgan choralar natijasida yong‘in o‘chirilgan.
Yong‘in o‘chirish vaqtida “Zil-130” yuk avtomashinasining salonidan osiyo millatiga mansub, 25-30 yoshlardagi noma'lum erkak kishining kuygan holdagi jasadi topilgan. Jasad sud-tibbiy ekspertizasiga yuborilgan. Uning shaxsini aniqlash choralari ko‘rilgan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
17:03 / 22.05.2025
«Abdunazarovni majburiy keltirish choralari ko‘rilmoqda» – IIB yuk mashinalariga doir firibgarlik haqida
20:44 / 21.05.2025
Tanzila Norboyeva Jizzaxda korrupsiya holatlari bo‘yicha tanqidiy yig‘ilish o‘tkazdi
17:58 / 21.05.2025
Traktordan “Kamaz”gacha: Jizzaxda odamlar kutilmagan usulda chuv tushirib ketilmoqda
09:27 / 15.05.2025