O‘zbekiston | 11:39 / 17.11.2018
16813
2 daqiqa o‘qiladi

Yergeodezkadastr qo‘mitasi raisiga o‘rinbosar tayinlandi 

Foto: ygk.uz

O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari - “Geoinnovatsiya markazi” davlat unitar korxonasi direktori tayinlandi.

O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2018 yil 12 noyabrdagi PQ-4010-son qaroriga muvofiq Akmal Alisherovich Mamatov Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari - “Geoinnovatsiya markazi” davlat unitar korxonasi direktori lavozimini egalladi.

Davergeodezkadastr yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiruvchi davlat boshqaruv organi hisoblanadi. Davergeodezkadastr O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga bo‘ysunadi va hisobot beradi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahar yer resurslari va davlat kadastri boshqarmalari (keyingi o‘rinlarda hududiy boshqarmalar deb ataladi), tumanlar (shaharlar) yer resurslari va davlat kadastri bo‘limlari, shuningdek qo‘mita tizimiga kiruvchi boshqa tashkilotlar Davergeodezkadastrning yagona tizimini tashkil etadi. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid