Millatlar ligasi final bosqichi Portugaliyada o‘tadigan bo‘ldi

Foto: EPA
Ilk bor o‘tkazilayotgan Millatlar ligasi final bosqichi Portugaliyada o‘tadi. Bu haqda UYeFA matbuot xizmati ma'lum qildi.
17 noyabrda Portugaliya termasi Italiya bilan 0:0 hisobida durang natija qayd qilib, o‘ziga A liganing 3-guruhida 1-o‘rinni va musobaqaning final bosqichiga yo‘llanmani ta'minladi.
“Mart oyida final bosqichni o‘tkazishga Polsha, Portugaliya va Italiya qiziqish bildirgandi. Bu davlatlar termalari A liganing 3-guruhiga tushgani sababli, bu musobaqani avtomatik ravishda guruh g‘olibi o‘tkazishini anglatar edi”, deb aytilgan xabarda.
Ta'kidlanishicha, UYeFA ijroiya qo‘mitasi Portulagiyani musobaqa mezboni sifatida 3 dekabrda Dublindagi uchrashuvda tayinlashi kerak. Shu kuni final bosqichga qur'a tashlash bo‘lib o‘tadi. Portugaliya bilan final bosqichda A liganing boshqa 3 ta guruhi g‘olibi ishtirok etadi. Musobaqani o‘tkazish uchun Portudagi “Dragau” va Gimaraynshdagi “Afonsu Enrikesh” stadionlari taklif qilingan.

Foto: AP Photo/Paulo Duarte
Millatlar ligasi UYeFAning yangi musobaqasi bo‘lib, o‘rtoqlik uchrashuvlari o‘rnini bosishga mo‘ljallangan. Jamoalar 4 ta liga – A ligadan (eng kuchlisi) va D ligagacha (eng bo‘shi) taqsimlangan. Har bir ligada ishtirokchilar guruhlarga bo‘lingan. A liga guruhi g‘oliblari yarimfinalga chiqib, musobaqaning bosh sovrini uchun kurashadi. Qolgan ligalar g‘oliblari sinfi oshiriladi, oxirgi o‘rinlarni egallaganlarning sinfi pasaytiriladi. Shuningdek, musobaqa ishtirokchilari 2020 yil Yevropa chempionati uchun qo‘shimcha yo‘llanmalar uchun kurashadilar.
Yarimfinallar 5 va 6 iyunda, 3-o‘rin uchun va final bahsi 9 iyunda bo‘lib o‘tadi.
Mavzuga oid

12:25 / 24.03.2025
Ronaldu Hoylundga javob qaytardi, Italiyaga dahshatli kambek ham yordam berolmadi. Yevropada dramatik o‘yinlar

10:44 / 17.11.2024
Millatlar ligasida fors-major. Vengriya murabbiyi hushini yo‘qotdi, Ruminiya va Kosovo o‘yinida siyosiy mojaro

02:21 / 07.12.2022
JCh-2022. Portugaliya Shveytsariyaga 6ta gol urib, chorakfinalning so‘nggi ishtirokchisiga aylandi

02:16 / 29.11.2022