Jahon | 15:50 / 18.11.2018
7255
2 daqiqa o‘qiladi

Tereza Mey mamlakat taqdiri kelgusi haftada aniq bo‘lishini ma'lum qildi

Foto: Getty Images

Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey Brexit shartlarini belgilash bo‘yicha muzokaralar o‘tkazilishi bois kelgusi hafta mamlakat kelajagini aniqlab beradigan hafta bo‘lishini bildirdi.

"Menimcha, bu milliy manfaatlarga javob beradigan munosib kelishuv. Kelayotgan yetti kun mamlakat kelajagi uchun o‘ta muhim bo‘ladi", dedi u Sky News telekanaliga bergan intervyusida.

Mey shuningdek, London va Bryussel Brexit shartlari bo‘yicha qo‘shimcha muzokaralar o‘tkazishi kerakligini aytdi. 

"Hozircha barcha narsa kelishib olinmagan, hech narsa kelishilmagan. Muzokaralar davom etadi", dedi Mey. 

14 noyabr kuni Britaniya vazirlar mahkamasi Brexit shartlari bo‘yicha kelishuv loyihasini imzoladi. Ertasigayoq Britaniya hukumatining to‘rt a'zosi, jumladan, Brexit masalalari bo‘yicha vazir Dominik Raab hamda mehnat va pensiya masalalari vaziri Ester Makvey mazkur loyihaga norozilik sifatida iste'foga chiqdi. Ular bu loyihani Bryusselga juda katta yon berish deb baholashdi.

Buyuk Britaniyaning YeIdan chiqishi shartlari bo‘yicha London va Bryussel o‘rtasidagi muzokaralar o‘tgan yilning iyunida boshlangan. Brexit rasman 2019 yil 29 martda yuz beradi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid