Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Barselona»ning sabri tugadi: rahbariyat Dembelening oldiga ultimatum qo‘ydi
«Barselona» hujumchisi Usmon Dembele intizom masalasidagi ogohlantirishlarga qaramay, xulqida o‘zgarish bo‘lmayotgani uchun jiddiy muammolarga duch kela boshlashi mumkin, deb xabar beradi Ispaniyaning Sport nashri.
Ma'lum qilinishicha, klub rahbariyati fransiyalik futbolchining oldiga qat'iy talab qo‘ygan: agar u xulq-atvor qoidalarini mensimaslikda davom etsa, «ko‘k-anorranglilar»ning asosiy jamoasidan chiqarib yuboriladi. Bundan tashqari, «Barsa» mutasaddilari uni kelasi yozda transferga qo‘yish masalasini ko‘rib chiqishga tayyor.
Qayd etish joiz, klubdagilar Dembelening transfer qiymatini kamida 100 million yevro etib belgilash niyatida, chunki o‘tgan yili yozda uning «Borussiya D»dan sotib olinishi uchun 105 mln yevro xarajat qilingan. Ma'lumotlarga qaraganda, kataloniyaliklar dortmundliklarga turli shartlar bajarilgan holatda yana 40 mln yevro miqdorida bonus to‘lashi ham mumkin.
Eslatib o‘tamiz, «Barselona» rahbariyatining 21 yoshli yigitdan noroziligi yangilik emas. U muntazam ravishda mashg‘ulotlarga va o‘yinlar oldidan tashkil etiladigan jamoaviy tadbirlarga kechikib keladi.
Matbuotda Dembelega nisbatan APL klublari, xususan «Arsenal» va «Liverpul» jamoalari befarq qaramayotgani aytilmoqda. Usmon La Liganing ushbu mavsumida 11 o‘yinda 4+1 mahsuldorlik ko‘rsatkichini qayd etgan.
Mavzuga oid
10:44 / 26.05.2025
Hakamning xatosi «Aston Villa»ni, «Yuventus»ning penaltisi «Roma»ni YeChLsiz qoldirdi. Kun o‘yinlari
11:33 / 19.05.2025
«Roma» «Milan»ni yengdi va YeChL uchun kurashda qoldi, «Barsa» sovrin olgan kunida yutqazdi. Kun o‘yinlari
09:37 / 16.05.2025
«Barselona» - Ispaniya chempioni! Yamal «Oltin to‘p» uchun asosiy da’vogar
21:21 / 11.05.2025