Jahon | 08:45 / 19.11.2018
3099
1 daqiqa o‘qiladi

Mey Brexit bo‘yicha kelishuv atrofidagi vaziyatni baholadi

Foto: RIA Novosti

Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Meyning fikricha, 25 noyabr kuni bo‘lib o‘tadigan Yevropa ittifoqi sammitida Brexit bo‘yicha kelishuvga erishishi mumkin. Bu haqda Reuters xabar tarqatdi.

Qayd etilishicha, Meyning Britaniya sanoati konfederatsiyasi qurultoyi uchun nutqida shu haqda so‘z yuritiladi.

Uning fikriga ko‘ra, Britaniya vazirlar mahkamasi «qizg‘in muzokaralar haftasini» kutmoqda.

Bundan tashqari, uning qo‘shimcha qilishicha, Britaniya hukumati Yevropa ittifoqi sammitiga qadar Brexit bo‘yicha hadli kelishuvni yakuniy tarzda batafsil ko‘rinishga keltirishi zarur.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Britaniyada Tereza Meyni hokimiyatdan chetlatish jarayoni boshlanishi mumkin ekani xabar qilingandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid