Sport | 19:50 / 20.11.2018
3000
1 daqiqa o‘qiladi

Kalgari 2026 yilgi Olimpiadani o‘tkazishga arizasini qaytib oldi

Foto: SS0 Public Domain

Kanadaning Kalgari shahri deputatlar kengashi 2026 yilgi qishki Olimpiadani o‘tkazishga ariza berishning hojati yo‘q, degan qarorga keldi. Avvalroq shaharda Olimpiadani o‘tkazish kerak-kerakmasligi bo‘yicha o‘tkazilgan referendumda aholining aksariyat qismi rad javobini bergan. Ularning fikricha, katta ko‘lamli sport tadbiriga xarajatlar juda katta bo‘ladi.

Shahar meri Naxida Nenshining aytishicha, referendum natijalari “hafsalani pir qilsa-da”, rahbariyat shaharliklarning fikrini inobatga oladi.

Kalgari arizani berishga ikki yil tayyorlangan, endi shahar Olimpiadani o‘tkazish uchun unga Alberta viloyati bermoqchi bo‘lgan 700 mln dollarlik sarmoyadan mahrum bo‘ladi.

Shu bilan birga, Olimpiadani o‘tkazishga qolgan da'vogar shaharlar – Milan va Stohkolm ham o‘z arizalarini qaytib olishi ehtimoli bor.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid