Sport | 20:50 / 20.11.2018
6774
1 daqiqa o‘qiladi

Kante «Chelsi» tarixidagi eng ko‘p maosh oluvchi futbolchi bo‘ladi

«Chelsi» klubi yarimhimoyachi Ngolo Kante bilan yangi shartnoma imzolashni rejalashtirmoqda.

Futbolchi bilan 5 yillik mehnat bitimi rasmiylashtiriladi va uning maoshi haftasiga 290 ming funt qilib belgilanadi. Natijada, Kante «ko‘klar» tarixidagi eng ko‘p maosh oluvchi futbolchiga aylanadi. Qayd qilish joizki, «Chelsi» yarimhimoyachisi Eden Azar uchun haftasiga 300 ming funt maoshni ko‘zda tutuvchi yangi shartnoma tayyorlamoqda. Biroq, belgiyalik uni imzolashni istamayapti.

Kantening amaldagi shartnomasi 2021 yilgacha mo‘ljallangan. Uning maoshi haftasiga 150 ming funtga teng. 27 yoshli fransiyalik 2016 yildan beri jamoa sharafini himoya qilyapti.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid