Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kimlarga davlat tomonidan kafolatlangan bepul tibbiy xizmat ko‘rsatiladi?
Prezident farmoniga muvofiq O‘zbekistonda ba'zi toifadagi shaxslarga davlat tomonidan kafolatlangan bepul tibbiy xizmatlar ko‘rsatiladi, deb yozmoqda Adliya vazirligi telegram-kanali.
Ular quyidagilar:
shoshilinch tez tibbiy yordam ko‘rsatishga muhtoj bo‘lganlarga;
Sog‘liqni saqlash asosiy zvenosida tibbiy xizmat ko‘rsatish, birinchi navbatda qishloq aholisiga;
bir qator infeksion kasalliklarga qarshi aholini immunizatsiya va vaksinatsiya qilish;
ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan kasalliklarga (atrof muhitga zararli ta'sir ko‘rsatuvchi, silga chalinganlar, ruhiy kasallar, professional kasalliklarga, endokrinologik va onkologik kasalliklar) uchraganlarga;
bolalarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish va davolash (pulli kasalxonalardan tashqari);
15-17 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlarni va harbiy chaqiriq yoshidagilarni (18-27), harbiy chaqiriq komissiyasining yo‘llanmasi bilan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish va davolash;
tug‘ruqqa yordam ko‘rsatish xizmati (pulli muassasalardan tashqari);
davlat davolash-profilaktik muassasalardagi bemorlarni maxsus chegirmalar bilan davolash (nogironlar, urush ishtirokchilari, chin yetimlarni).
Mavzuga oid
09:09 / 06.12.2023
Mudofaa vazirligi harbiy-tibbiy muassasalariga pulli tibbiy xizmat ko‘rsatishga ruxsat beriladi
16:37 / 11.10.2023
Aholiga yaqinlashtirilgan tibbiyot: Qo‘shrabotning olis tog‘li qishloqlarida bir kun
15:13 / 11.02.2023
Mahallalarda yurgan ko‘chma shifoxonalar
09:57 / 06.05.2022