O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari to‘g‘risidagi ma'lumot e'lon qilindi
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki respublika oltin-valyuta zaxiralari to‘g‘risidagi ma'lumotni e'lon qildi.
Qayd etilishicha, oltin-valyuta zaxiralarini hisoblash metodikasi Xalqaro valyuta jamg‘armasining standartlari asosida yuritiladi. Oltin-valyuta zaxiralarining tarkibi xorijiy valyuta aktivlari va quyma shaklidagi monetar oltindan iborat.
Oltin-valyuta zaxiralarini samarali boshqarish maqsadida Markaziy bank tomonidan zaxiralarning yalpi va sof qiymatlari hisobi yuritiladi.
Sof oltin-valyuta zaxiralari tijorat banklari va davlat boshqaruvi organlarining (Moliya vazirligi, Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi bundan mustasno) Markaziy bankda ochilgan hisobvaraqlaridagi valyuta mablag‘larini, ya'ni Markaziy bankning ushbu tashkilotlar oldidagi majburiyatlarini hisobga olmaydi.
O‘zbekiston Respublikasining oltin-valyuta zaxiralari
mln.AQSh dollarida
Ko‘rsatkichlar |
01.01.2018 |
01.04.2018 |
01.07.2018 |
01.10.2018 |
01.11.2018 |
I. Yalpi oltin-valyuta zaxiralari |
28 076,9 |
28 494,0 |
27 660,5 |
26 407,3 |
26 494,1 |
1. Xorijiy valyutadagi aktivlar |
14 042,8 |
14 517,2 |
13 818,3 |
12 454,4 |
11 846,1 |
2. Monetar oltin |
14 034,1 |
13 976,8 |
13 842,2 |
13 953,0 |
14 648,0 |
II. Sof oltin-valyuta zaxiralari |
26 567,5 |
27 086,7 |
26 648,9 |
25 494,5 |
25 716,4 |
Bildirilishicha, joriy yilning yanvar-oktabr oylarida oltin-valyuta zaxiralarining kamayishi qisman oltin narxining 1296,50 dan 1217,70 doll/tr.untsiyaga pasayishi hisobiga yuzaga keldi. (narxning oltin-valyuta zaxiralarining kamayishga ta'siri - 853,0 mln.doll).
Joriy yilning oktabr oyida oltin-valyuta zaxiralarining ko‘payishi qisman oltin narxining 1183,50 dan 1217,70 doll/tr.untsiyaga o‘sishi hisobiga yuzaga keldi. (narxning oltin-valyuta zaxiralarining ko‘payishiga ta'siri - 403,2 mln.doll).
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda ayrim ma'lumotlarni rasman chop etish bo‘yicha cheklovlar olib tashlanishi xabar berilgandi.
Mavzuga oid
11:40 / 10.11.2024
Oltin va kumush arzonlashdi, Bitcoin narxi keskin oshdi - xalqaro moliya bozori sharhi
23:10 / 07.11.2024
O‘zbekiston oltin-valuta zaxiralari 43 mlrd dollardan oshdi
17:05 / 02.11.2024
O‘zbekiston sentabr oyida eng ko‘p oltin sotgan davlatlar qatoriga kirdi
19:37 / 31.10.2024