Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Viktor Mahmudov Moskvada. MDH davlatlari Xavfsizlik kengashlari kotiblari biologik tahdidlarni muhokama qilishdi
MDH mamlakatlari Xavfsizlik kengashlari kotiblari Moskvada biologik xavfsizlikka yangi tahdidlarni muhokama qilishdi. Bu haqda TASS Rossiya Federatsiyasi Xavfsizlik kengashiga asosan xabar tarqatdi.
«Terrorchilik faoliyatini moliyalashtirish, jumladan, jinoiy yo‘l bilan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha birgalikdagi ishlarning yo‘nalishlari muhokama qilindi, - deyiladi xabarda. - Shuningdek, MDH makonida biologik xavfsizlikka yangi tahdidlar, ular haqida ogohlantirish va birgalikda javob berish masalalari uchrashuv mavzusiga aylandi».
Xavfsizlik kengashlari kotiblari Afg‘onistondagi vaziyatni, bu mamlakatda faoliyat ko‘rsatayotgan xalqaro terrorchilik tashkilotlari MDHga a'zo davlatlar manfaatlariga tahdidlar hamda chaqiriqlarni muhokama qilishdi. Mintaqaviy va xalqaro xavfsizlikning boshqa dolzarb masalalari ham tilga olindi.
«Yalpi yig‘ilish va ikki tomonlama uchrashuvlar davomida konstruktiv fikr almashildi hamda kun tartibidagi muhokama qilingan barcha masalalar bo‘yicha pozitsiyalarning o‘xshashligi tasdiqlandi», - deya ta'kidlab o‘tishgan RF Xavfsizlik kengashidan.
Muhokamalarda O‘zbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi Viktor Mahmudov ham ishtirok etgan.
Mavzuga oid
19:06 / 05.03.2025
O‘zbekiston MDH davlatlari uchun FHDYo yagona tizimini ishlab chiqadi
17:38 / 25.12.2024
Mirziyoyev MDH davlatlari rahbarlarining norasmiy uchrashuvida ishtirok etdi
21:12 / 12.12.2024
MDH davlatlari havo hujumidan mudofaa birlashgan tizimini yaratadi
18:28 / 06.12.2024