Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijonda shifokorlar qasamyodi emas, aholiga hisobot berish tadbirlari o‘tkazilmoqda
Andijonlik shifokorlar tibbiyot sohasiga berilayotgan e'tiborga o‘z munosabatini qasamyod bilan emas, balki har bir tuman va shahar aholisi bilan tashkil etiladigan ochiq muloqotlarda hisobotlar berish orqali bildirishmoqda.
Joylarda bo‘lib o‘tadigan uchrashuvlarda, viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi mutasaddilari ham ishtirok etib, sohada mavjud muammolarni o‘rganishi rejalashtirilgan.
22 noyabr kuni Andijon shahridagi maishiy xizmat ko‘rsatish kolleji va qurilish kolleji binosida Andijon shahar tibbiyot birlashmasi tarkibidagi 1- va 3- son oilaviy poliklinikalar, viloyat ixtisoslashgan shifoxonalari tibbiyot xodimlari shahar aholisi oldida sohada olib borayotgan faoliyatlari, tizimda amalga oshirilgan ijobiy ishlar, kelgusida qilinishi lozim bo‘lgan masalalar bo‘yicha hisobot berishdi.

Ochiq muloqotlarda ishtirok etgan fuqarolar soha vakillaridan o‘zlarini qiynayotgan savollarga javob olishdi.


Bu kabi tadbirlar har bir shahar va tumanda o‘tkazilishi belgilangan.
Mavzuga oid
22:14 / 27.05.2025
«Nasaf» «Andijon»ni mag‘lub etib, O‘zbekiston Superkubogi egasi bo‘ldi
23:01 / 26.05.2025
Andijonda daraxt Cobalt ustiga qulab tushdi
19:26 / 26.05.2025
Andijonda tanishlari orqali 100 ming dollar kredit olib berishni va’da qilgan shaxs ushlandi
07:50 / 24.05.2025