Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Chelsi» Kante bilan shartnomani uzaytirdi
«Chelsi» yarimhimoyachi Ngolo Kante bilan uzoq muddatli yangi shartnoma tuzdi. Bu haqda klub rasmiy saytida xabar berilgan.
Fransiyalik futbolchi va «ko‘klar» o‘rtasidagi yangi bitim 5 yilga mo‘ljallangan bo‘lib, 2023 yil yozigacha amalda bo‘ladi.
Ma'lumot uchun, Kante «Chelsi»ga 2016 yil yozida «Lester Siti»dan kelib qo‘shilgan edi. U «tulkilar» bilan sensatsion tarzda APL chempionligini qo‘lga kiritganidan so‘ng «aristokratlar» safiga ko‘chib o‘tgan, uning transfer qiymati 35,8 mln yevroni tashkil etgandi. U yangi jamoasi safidagi ilk mavsumida ham yana Angliya chempioni bo‘lishga erishdi.
Shu hafta boshida Ngolo «Chelsi» tarixidagi eng ko‘p maosh oluvchi futbolchiga aylanishi haqida xabar tarqalgan edi. Endilikda unga yiliga 17 mln yevro to‘lanishi taxmin qilinmoqda. Bu – avvalgi maoshidan 8,2 millionga ko‘proq degani.
Mavzuga oid
14:01 / 12.05.2025
Yevropa chempionatlarida YeChL uchun kurash qizimoqda. Kun o‘yinlari
21:06 / 10.03.2025
Britaniya hukumati sud orqali Abramovichning 2 mlrd funtini tortib olmoqchi
11:30 / 26.01.2025
Mbappeda ilk het-trik, Husanovda omadsiz debyut. Kun o‘yinlari
01:58 / 26.01.2025