Qoʻshimcha funksionallar
- 
                  
Tungi ko‘rinish
 
KXDR va Janubiy Koreya mamlakatlarni optik tola yordamida birlashtirmoqchi
                                    Foto: REUTERS
23 noyabr, juma kuni, Janubiy va Shimoliy Koreya vakillarining Pxanmunjom chegara punktida muzokaralari bo‘lib o‘tadi. Ularda mamlakatlar o‘rtasida optik tolali kabel o‘rnatish masalasi muhokama etiladi. Bu haqda TASS Janubiy Koreyaning Birlashuv ishlari bo‘yicha vazirligi xabariga asosan ma'lum qildi.
Xabarda aytilishicha, Kesondagi Koreyalararo ofisda tashkil etiladigan uchrashuvda tomonlar telefon aloqa liniyasini modernizatsiya qilish muammosini muhokama qiladilar. Shuningdek, mamlakatlar vakillari «eski mis kabellarni optik tolalisiga almashtirish» masalasini ham ko‘tarishadi.
Birlashuv ishlari bo‘yicha vazirlikdan qo‘shimcha qilishlaricha, modernizatsiya bo‘yicha bunday ishlar Shimoliy Koreyaga nisbatan xalqaro sanksiyalarni buzmaydi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq KXDR Janubiy Koreya bilan chegarada o‘nta qo‘riqlash punktini portlatib yuborgandi.
Mavzuga oid
10:43 / 26.05.2025
“Koreyada olgan tajribani qishlog‘imda qo‘llamoqchiman” – bo‘sh yerlarni o‘zlashtirayotgan shahrixonlik yigit
17:55 / 25.05.2025
KXDRda esminetsni suvga tushirishda yuz bergan avariya ishi bo‘yicha uch kishi hibsga olindi
00:47 / 24.05.2025
Janubiy Koreya loukosteri Seul-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha muntazam qatnovlarni yo‘lga qo‘ydi
20:05 / 22.05.2025