Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘istonda Rossiyadan qaytayotgan o‘zbekistonliklar chiqqan avtobus ag‘darilib ketdi
22 noyabr kuni soat 20:20da Qozog‘istonning Qizilo‘rda oblasti hududida salonida Rossiyaning Nijniy Novgorod shahridan qaytayotgan o‘zbekistonliklar bo‘lgan yo‘lovchi avtobusi halokatga uchradi.
Qizilo‘rda oblasti matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Chimkent—Samara trassasida, Aralsk shahridan 40 kilometr masofada Chimkent— Novosibirsk yo‘nalishidagi avtobus ag‘darilib ketgan.
Ma'lumotlarga ko‘ra, avtobusda 36 kishi bo‘lgan, shundan 34 nafari O‘zbekiston fuqarolaridir. Qolgan ikki kishi qozog‘istonlik haydovchilar.
«3 kishi Aralsk rayoni markaziy shifoxonasiga olib borilgan, ulardan biri olingan jarohatlari tufayli vafot etgan. Qolgan ikki kishining hayoti xavf ostida emas. Ammo ular ma'lum vaqt shifokorlar nazoratida bo‘lishi kerak», — deyiladi Qizilo‘rda oblasti akimi matbuot xizmati xabarida.
17 nafar yo‘lovchi trassa bo‘yidagi mehmonxonaga joylashtirilgan, qolgan yo‘lovchilar mustaqil ravishda Novosibirskka yo‘l olgan.
Mavzuga oid
21:28 / 22.05.2025
Toshkentda yo‘lovchilar avtobus harakatiga to‘sqinlik qilgan avtomobil haydovchisini jazoladi
20:24 / 20.05.2025
Sergeli va Yunusobodni tezyurar avtobus yo‘lagi bog‘laydi. Loyiha qiymati – 50 mln dollar
19:08 / 13.05.2025
Toshkentda avtobuslar uchun yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi
14:39 / 13.05.2025