Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniyada konslager sobiq soqchisiga ayblov qo‘yildi. U 95 yoshda
Germaniyada 95 yoshli Xans X.ga ayblov qo‘yildi, u 1944-1945 yillarda Avstriya hududidagi Mautxauzen konslagerida soqchi bo‘lgan.
Prokurorlar uni xizmat vaqtida lagerda vafot etgan 36 ming 223 kishining o‘limiga aloqadorlikda ayblashmoqda. Tergov ma'lumotlariga ko‘ra, Xans X. lagerdagi o‘z ishi davomida bu odamlarning o‘limiga qisman sababchi bo‘lgan. «U qotillikning barcha usullari va mahbuslarning dahshatli hayot sharoiti haqida yaxshi bilgan», - deya ma'lum qilishdi prokuraturadan.
Sud organlari Xans X. sudga tortilishi mumkin ekani haqidagi qarorga kelishlari lozim.
Germaniya qonunlari bevosita natsistlar rejimi tomonidan odamlarning o‘ldirilishida ishtirok etmagan, biroq ular bilan hamkorlik qilgan shaxslarni javobgarlikka tortish imkonini beradi. So‘nggi yillarda konsentratsion lagerlarda ishlagan bir necha nafar keksa odamlarga ayblov qo‘yildi; ulardan ikki nafari qamoq jazosiga hukm qilindi, ammo ular hukm ijrosidan avval vafot etishdi.
Mavzuga oid
13:59 / 28.05.2025
Germaniya rasmiylari Isroilning G‘azodagi harakatlarini tanqid qildi
11:22 / 28.05.2025
Germaniyadagi qochqinlar soni 3,5 million kishiga yetdi
12:20 / 27.05.2025
Germaniya kansleri Isroilning G‘azodagi harakatlarini tanqid qildi
23:34 / 26.05.2025