Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda ko‘chalardagi shovqin darajasi kamaytiriladi
Bugun poytaxt ko‘chalarini obodlashtirishda benzin sarfi bilan ishlaydigan o‘t o‘ruvchi uskunalar katta miqdorni tashkil etadi. Bu esa ko‘chalarda shovqinlarning sezilarli darajada ortishiga olib kelmoqda. Shuningdek, bu jarayon atrof-muhit, xususan ekologiyaga ham o‘zining salbiy ta'sirini ko‘rsatadi.
Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, ana shu muammolarni bartaraf etish yuzasidan Toshkent shahar hokimligida “Greenworks” kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.


Mehmonlar muzokaralar davomida shaharni obodonlashtirishga xizmat qiluvchi uskunalar modelini taqdim etishdi. Ular orasida trimmerlar, cho‘tkali asboblar, quvvatlanuvchi uskunalar bor.
Muzokaralarda poytaxt hokimligi rahbariyati namoyish etilgan modellardan kelgusida obodonlashtirish ishlarida foydalanishni ta'kidlashdi. Bu o‘z navbatida hududlarni tozalash jarayonida shovqin darajasini kamaytirish orqali shahar aholisi va mehmonlarga qulaylik yaratishni ta'minlaydi.

Mavzuga oid
16:26 / 27.05.2025
Markaziy Osiyoning eng yaxshi shahri aniqlandi
14:30 / 27.05.2025
Poytaxt bosh rejasi interaktiv xaritada: unda nimalar aks etgan?
11:16 / 24.05.2025
Toshkentda 22 yoshli yigit ko‘chada tanishini pichoqladi
09:39 / 23.05.2025