Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kerch bo‘g‘oziga Ukrainadan qo‘shimcha kemalar, Rossiyadan samolyotlar yo‘llandi
Ukraina harbiy-dengiz kuchlarining 3ta kemasi Rossiya dengiz hududiga kirishi bilan bog‘liq hodisada voqealar rivojlanmoqda.
Rossiya Federal xavfsizlik xizmati ma'lumotiga ko‘ra, Ukraina Kerch bo‘g‘ozi hududiga qo‘shimcha kemalar yo‘llagan.
«Interfaks» agentligi xabariga ko‘ra, Ukrainaning Berdyansk portidan yana ikkita kema bo‘g‘oz tomon yo‘l olgan.
«Kiyev rasmiylari bunday xavfli va mas'uliyatsiz qaror qabul qilishdan avval o‘z harakatlarining oqibatlarini o‘ylab ko‘rishlari kerak. Rossiya tomoni barcha zarur choralarni ko‘radi», deyilgan xabarda.
«Interfaks» agentligi Qrimdagi manbalarga asoslangan holda xabar qilishicha, Rossiya Kerch bo‘g‘ozi hududiga bir necha samolyot jo‘natgan.
«Yarimorolda patrullik uchun bir necha harbiy samolyot havoga ko‘tarildi», deyilgan xabarda.
NTV telekanali reportajida «Qrim ustida ikkita Su-25 rusumli harbiy samolyotlar parvoz qilgani» aytilgan.
Bundan tashqari, Rossiya harbiy-kosmik kuchlarining Ka-52 rusumli ikkita hujumkor vertolyoti jangovar holatga keltirilib, Ukraina katerlari joylashgan hudud tomon uchgan.
Ayni vaqtda Rossiya havo kuchlari hududni o‘rab olib, Ukraina kemalari harakatini kuzatib bormoqda.
«Rossiya 24» telekanalida aytilishicha, ayni vaqtda Qrim ko‘prigi ostidan o‘tish butunlay yopilgan.
Bundan oldinroq, 24 noyabr kunining birinchi qismida Ukraina kemalari - artilleriya bilan qurollangan «Berdyansk» va «Nikopol» katerlari hamda «Yani Kapu» nomli shatakchi kema Odessadan chiqib, Rossiya tomonidan anneksiya qilingan Qrimning janubiy sohillari yaqinida paydo bo‘lgani xabar qilingandi.
Rossiya tomoni bu kemalar o‘z hududiga noqonuniy kirganini iddao etdi, ukrainaliklar bu oldindan ogohlantirilgan holda yurish ekani, kemalar reja bo‘yicha Azov dengizidagi Mariupol portiga yo‘l olganini bildirdi.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi
20:37 / 27.05.2025
Kellog: Rossiya va Ukrainaning urushdagi yo‘qotishlari 1 million kishidan oshdi
20:17 / 27.05.2025