Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukraina kemalari Rossiya chegarasini kesib o‘tdi, ukrainlar rus harbiylarini tajovuzkorlikda aybladi
Ukraina harbiy-dengiz kuchlarining 3ta kemasi Kerch bo‘g‘ozi tomon harakatlanishda Rossiya chegaralarini kesib o‘tgani qayd etildi.
Rossiya federal xavfsizlik xizmati Ukraina kemalari davlat chegarasini noqonuniy kesib o‘tib, Rossiya hududiga kirgani aks etgan suratlarni namoyish qildi.



Kemalar yopiq akvatoriya hududiga mahalliy vaqt bilan soat 07:00da kirishgan. Qayd etilishicha, bu orqali ukrainaliklar BMTning dengiz huquqlari bo‘yicha konvensiyasining 2ta moddasini buzishgan.
Ma'lumot uchun, Kerchda Rossiya dengiz porti kapitani ruxsati bilan grafik bo‘yicha kemalar harakatiga ruxsat etiladi.
RIA Novosti agentligi xabarida aytilishicha, rasmiy Kiyev tomonidan Kerch bo‘g‘oziga o‘tilishi bo‘yicha zayavka berilmagandi.
Ukraina ruslar «provakatsiyasi» haqida ma'lum qildi
Ukraina harbiy-dengiz kuchlari ikkita kichik artilleriya bilan qurollangan zirhli kema hamda bitta shatakka oluvchi navbatchi kema Odessadan Mariupol portiga yo‘l olgani haqida ma'lum qilgan.
Ukrainlarning ma'lum qilishicha, rossiyalik chegarachilarning kemalari ukrainlarning shatakka oluvchi kemasiga nisbatan tajovuzkorona harakatlar sodir etishgan.
«Rossiyalik chegarachilarning kemalari - «Sobol», «Don», «Mangust», «Suzdalets» kabilar agressiv harakatlar qilishdi va buksirni turtib, unga zarar keltirishdi. Kemaning asosiy dvigateli va qoplamasi shikastlangan», deyiladi Ukraina harbiy-dengiz kuchlari matbuot xizmati xabarida.
Ukraina tomoni oldindan xalqaro normalar bo‘yicha ogohlantirish yuborilgani haqida ma'lum qilgan.
Azovdagi vaziyat
Azov dengizidagi vaziyat shu yil boshida taranglashgandi. Mart oyida Ukraina tomonida bortida o‘nlab rossiyaliklar bo‘lgan «Nord» kemasini to‘xtatishgandi. Ruslar kapitaniga Qrimga «davlat manfaatlariga zarar yetkazish maqsadi» bilan kelishi tufayli 5 yillik qamoq jazosi tahdid solmoqda. Ayni vaqtda Kiyev ushbu kemani auksionga sotuvga qo‘ymoqchi. Avgust oyida Xersonda Rossiyaning «Mexanik Pogodin» tankeri qo‘lga olingandi.
Moskva tomoni rasmiy Kiyevning xatti-harakatlarini «dengiz terrorizmi» sifatida baholagan hamda Azov dengizining o‘z hududidagi qismida nazoratni kuchaytirgan.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi
20:37 / 27.05.2025
Kellog: Rossiya va Ukrainaning urushdagi yo‘qotishlari 1 million kishidan oshdi
20:17 / 27.05.2025