Jamiyat | 10:07 / 27.11.2018
3424
2 daqiqa o‘qiladi

3 dekabr kuni beg‘araz donorlik aksiyasi o‘tkaziladi

Foto: Dreamstime

“Adolat” sotsial-demokratik partiyasi “Bor mehrimiz senga, bolajon” shiori ostida tadbir o‘tkazmoqda. 

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 26 yilligi munosabati bilan 3 dekabr kuni 8:00-18:00 ga qadar Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar markazlaridagi ko‘p tarmoqli bolalar shifoxonalarida hamda Toshkent shahridagi Gematologiya va qon quyish ilmiy tekshirish institutida beg‘araz donorlik aksiyasi o‘tkaziladi.

Tadbirni o‘tkazishdan maqsad tibbiy-ijtimoiy ko‘makka muhtoj bolalarni qo‘llab-quvvatlash, insonlarni ko‘ngilli ravishda qon topshirishga chaqirish orqali bemorlarning hayotini saqlab qolish, jamiyatda insonparvarlik va mehr-oqibat g‘oyalarini keng targ‘ib qilishga qaratilgan.

Donorlik tartibi bo‘yicha eslatma:

1. 18 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan fuqarolar fuqarolik pasporti bilan ishtirok etishi;
2. 1 kun avval achchiq, sho‘r mahsulotlar, spirtli va gazli yaxna ichimliklar iste'mol qilmasligi;
3. Donor bo‘ladigan kun ertalabki nonushtada tuxum, yog‘ va sut iste'mol qilmasligi;
4. Donor so‘nggi 6 oy ichida chet elda bo‘lmagan bo‘lishi lozim;
5. Sariq kasalga chalinmaganligi va “D” ro‘yxatda turmasligi talab etiladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid