Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Afsonaviy Mixael Shumaxerning o‘g‘li faoliyatini “Formula-2”da davom ettiradi
“Formula-1” poygalarining 7 karra chempioni, hozirda baxtsiz hodisa tufayli to‘shakka mixlanib qolgan Mixael Shumaxerning o‘g‘li Mik Shumaxer keyingi mavsumdan “Formula-2”da ishtirok etishni boshlaydi. 19 yoshli Mik Prema jamoasi uchun qatnashadi.
2018 yilda Mik “Formula-3” poygasi chempioni bo‘ldi. Prema jamoasi esa umumjamoa hisobida “Formula-2” mavsumini 4-o‘rinda yakunladi. 2017 yilda poygachilar chempionatini Prema vakili Sharl Lekler yutgan va u keyingi yildan “Formula-1”da “Ferrari” jamoasi uchun ishtirok etadi.
Mik Shumaxer joriy haftadanoq “Formula-2”ning Abu-Dabidagi sinovlarida ishtirok etadi.
2013 yil dekabri oxirida Mixael Shumaxer Fransiyaning Meribel tog‘-chang‘i kurortida chang‘i uchayotganda yiqilib og‘ir jarohat olgan. Poygachi bosh miya-chanoq jarohatini olgan va miyasiga qon quyilgan. O‘shandan beri Shumaxerning sog‘lig‘i haqida turli qarama-qarshi xabarlar beriladi. Biroq uning oilasi ham bu borada tafsilotlarni oshkor qilmay kelmoqda.
Mavzuga oid
21:00 / 06.12.2020
Shumaxerning o‘g‘li “Formula-2” chempioni bo‘ldi
22:04 / 02.12.2020
Mixael Shumaxerning o‘g‘li 2021 yildan “Formula-1”da ishtirok etadi
19:46 / 29.09.2020
Shumaxerning o‘g‘li «Formula-1»da debyut qiladi
01:10 / 06.09.2020