Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Elektr energiyasidan foydalanishda maxsus tizim yo‘lga qo‘yiladi: bir abonentga 300 kilovatt
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 1 noyabrdagi 897-sonli “Yoqilg‘i-energetika resurslarining narx va tariflarini bosqichma-bosqich o‘zgartirish to‘g‘risida”gi qaroriga asosan 2019 yilning 1 yanvaridan boshlab tajriba tariqasida Toshkent shahrining Yunusobod tumanida iste'molchilar tomonidan elektr energiyasini tejash hamda maqsadli foydalanish maqsadida maxsus tizim yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilmoqda.
“O‘zbekenergo” AJ matbuot xizmati xabariga ko‘ra, aholi iste'moli uchun elektr energiyasi bazaviy normasi oyiga bir abonentga 300 kVt. soat qilib belgilanadi.
Aholi tomonidan amalda foydalanilgan elektr energiyasining bazaviy normadan ortgan qismi uchun — belgilangan tarifga 1,2 baravar o‘suvchi koeffitsiyentni qo‘llash amaliyotini joriy etish belgilandi.
Ushbu amaliyot sinovdan o‘tsa, 2019 yilning 1 iyuliga qadar elektr energiyasi iste'moli bazaviy me'yorlarini respublika bo‘yicha amalda qo‘llanishi joriy etiladi.
Mavzuga oid
22:34 / 20.04.2024
1 maygacha hisob raqam to‘ldirib qo‘yilsa, 2 oy mobaynida eski tarif amal qiladi - Energetika vazirligi
21:28 / 30.10.2023
Farg‘ona viloyatida noqonuniy mayning fermasi davlatga 12 mlrd so‘m zarar yetkazgani aniqlandi
22:30 / 27.10.2023
Kuz-qish mavsumida IES tomonidan 27,6 mlrd kVt·soat elektr energiyasi ishlab chiqarish rejalashtirilgan
19:32 / 04.10.2023