Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kerch bo‘g‘ozidagi voqeadan keyin ukrainaliklar orasida xorijda uy sotib olishga qiziqish keskin oshdi
Ukrainada 2018 yil noyabri oxirida xorijda uy xarid qilish yoki ijaraga olish imkoniyatlarini ko‘rib chiqayotgan fuqarolar soni keskin ko‘paydi. Bu haqda Prian.ru materiallarida aytilgan.
Riyeltorlar ma'lumotlariga ko‘ra, ukrainaliklar asosan Bolgariya, Ispaniya, BAA va Kiprdagi obektlar bilan qiziqmoqdalar. Prian.ru’da Ukrainadan murojaatlar soni oshgani 25 noyabr, chorshanba o‘rtalaridan qayd qilingan. Gap chorshanba kundagi ko‘rsatkichlar undan avvalgi yakshanba, dushanba va seshanba kunlaridagi ko‘rsatkichlarga nisbatan 2 marta oshgani haqida bormoqda.
“Buni tasodif deb bo‘lmaydi. Geosiyosat yoki muhim iqtisodiy hodisalar ko‘pincha xaridorlarning qiziqishiga ta'sir qiladi. Misol uchun, uch yil avval Gretsiyadagi g‘alayonlar vaqtida qisqa muddatda – taxminan bir oyda bu davlatga talab ikki martadan ko‘proqqa oshgan. Avgustning ikkinchi yarmidan boshlab rossiyaliklar, ukrainaliklar, qozog‘istonliklar Turkiyadan takliflar bilan 2 marta ko‘proq qiziqa boshlashgan. Bunday qiziqish har doim ham bitimlar bilan tugamaydi, biroq biz bu vaziyatda aynan murojaatlar o‘sishini qayd qilamiz”, deyilgan materiallarda.
25 noyabrda Kerch bo‘g‘ozida Ukrainaning uchta harbiy kemasi Rossiya chegarasini buzgani uchun Federal xavfsizlik xizmati tomonidan ushlangan. Shundan keyin Ukrainaning bir qator viloyatlarida harbiy vaziyat kiritilgan.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi
20:37 / 27.05.2025
Kellog: Rossiya va Ukrainaning urushdagi yo‘qotishlari 1 million kishidan oshdi
20:17 / 27.05.2025