Prezident muhtoj oilalarni arzon uylar bilan ta'minlashdagi jiddiy kamchiliklarni ma'lum qildi
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti “Qishloq joylarda va fuqarolarning ayrim toifalari uchun arzon uy-joylar qurishni kengaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorni imzolagani xabar berilgandi.
Hujjatda qayd etilishicha, 2017-2021 yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar bo‘yicha arzon uy-joylarni qurish Dastur ijro qilinishini o‘rganish yakunlari qishloq joylarda arzon uy-joylarga talab yuqori ekanligini ko‘rsatdi, yangicha yondashuvlarni ishlab chiqishni taqozo etadigan uy-joylar qurilishini tashkil etish va muhtoj oilalarni arzon uylar bilan ta'minlash bo‘yicha bir qator jiddiy kamchiliklar aniqlandi:
birinchidan, namunaviy loyihalar bo‘yicha arzon uy-joylar qurilishi uchun qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar toifasiga kiradigan yer uchastkalaridan foydalanish holatlari ko‘plab uchramoqda. Xususan, joriy yilda mazkur maqsadlar uchun tuman hokimliklari tomonidan ajratilgan 1065 gektar yerning 60 gektarga yaqini qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar toifasiga kiradi;
ikkinchidan, qurilayotgan namunaviy loyihalar bo‘yicha arzon uy-joylarning narxini maqbullashtirish hamda energiya samarador va mahalliy ishlab chiqaruvchilarning arzon qurilish materiallaridan foydalangan holda me'moriy va texnik yechimlarni qo‘llash yetarli darajada ta'minlanmayapti;
uchinchidan, muhandislik-transport kommunikatsiyalari va namunaviy loyihalar bo‘yicha arzon uy-joylar qurilishida o‘zaro uyg‘unlik ta'minlanmayotgani natijasida respublika byudjyeti, maqsadli jamg‘armalar va ijrochilar mablag‘lari ortiqcha sarf qilinmoqda;
to‘rtinchidan, namunaviy loyihalar bo‘yicha arzon uy-joylar qurishda shaharsozlik norma va qoidalari talablarini buzish, qurilish-montaj ishlarini sifatsiz bajarish, loyihadan chetga chiqish holatlari mavjud.
Mavzuga oid
10:27 / 14.11.2024
Toshkentda eng arzon uy-joy ijarasi qaysi tumanlarda ekani aytildi
12:10 / 13.11.2024
O‘zbekiston uy-joy bozorida faollik darajasi pasaydi
13:32 / 06.11.2024
Toshkentda oktyabrda uy-joylar uchun ijara narxi oshishi sekinlashdi
17:03 / 29.10.2024