Sport | 08:41 / 28.11.2018
26769
2 daqiqa o‘qiladi

UFC prezidenti Nurmagomedov va Makgregor o‘rtasidagi revansh haqida gapira boshladi

Foto: Getty Images

Mutlaq jangchilar chempionati (UFC) prezidenti Dana Uayt rossiyalik Habib Nurmagomedov va irlandiyalik Konor Makgregor o‘rtasidagi ehtimoliy revansh haqida o‘z fikrini bildirdi.

6 oktabr kuni Nurmagomedov to‘rtinchi raundda bo‘g‘ish uslubida irlandiyalik ustidan g‘alaba qozondi va UFC’ning yengil vazndagi chempioni kamarini himoya qildi.

«Men darhol revansh yuz berishini aniq bilmayman, avvaliga Nevada Atletik komissiyasi dekabr oyida qanday qaror qabul qilishini bilishimiz kerak. Shuning uchun bu haqda hattoki o‘ylamayapman. Men kelajakda bunday jang imkoniyati bo‘ladi, deb hisoblayman, ammo komissiya qaroridan oldin darhol revansh o‘tkazish haqida o‘ylashning hech qanday foydasi yo‘q», - deya Uaytning so‘zlarini keltiradi ESPN.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq UFC rahbari yilning eng yorqin hodisasini ma'lum qilgandi.

UFC prezidenti Dana Uayt rossiyalik jangchi Habib Nurmagomedovning irlandiyalik Konor Makgregor ustidan g‘alabasini shu yilning eng yorqin hodisasi, deb atadi.  

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid