Sport | 13:10 / 29.11.2018
22622
18 daqiqa o‘qiladi

Messi yana Ronaldudan o‘tdi, «PSJ» nihoyat top-klub. YeChLda tur yakunlari

«Tribuna» chorshanba oqshomida o‘tkazilgan YeChL o‘yinlari natijalarini keltirib o‘tadi. Bu o‘yinlardan keyin «Atletiko» «Portu», «Shalke» va Dortmundning «Borussiya» klublari ham keyingi bosqich masalasini hal qilgan jamoalar qatoriga qo‘shildi. O‘tgan mavsumda finalda o‘ynagan «Liverpul» esa bu mavsumda guruhda qolib ketishi mumkin.

«Atletiko» «Monako»ni qulatdi

A guruhi
«Atletiko» (Ispaniya) - «Monako» (Fransiya) - 2:0
 (2:0)
Gollar: Koke, 2 (1:0). Grizmann, 24 (2:0).
Aniq ijro etilmagan penalti: Falkao, 83 (xato)
«Atletiko»: Oblak, Arias, Savich, Ernandez, Filipe Luis, Koke (Vitolo, 46), Ernandes, Partey, Lemar (Kalinich, 63), Korrea (Saul, 69), Grizmann.
«Monako»: Benalo, Byankon, B.Badiashile, Jyemerson, Radji, Shadli (Diop, 63), Massengo, Tilemans, Golovin (Tyuram-Yulen, 63), Silla (Falkao, 55), Gransir.
Ogohlantirishlar: Grizmann, 45. Tilemans, 54. Savich, 62. Byankon, 68. Partey, 86. Filipe Luis, 90+1.
Chetlatish: Savich, 82 (qo‘l bilan o‘yin, ikkinchi sariq kartochka).
Hakam: Gestranius (Finlyandiya).
28 noyabr. Madrid. «Vanda Metropolitano» stadioni

Bu mavsum «Monako» uchun barcha frontlarda juda muvaffaqiyatsiz kechmoqda. Ehtimol shu tufayli Terri Anri «Atletiko»ga qarshi o‘yinda tarkibni tubdan o‘zgartirgan va asosan yosh futbolchilarni maydonga tashlagandir. Lekin klubda Yevropa Ligasi uchun imkoniyat bor edi. Bir necha kun oldin «Monako» Fransiya chempionatida nihoyat g‘alabaga erishib, 12 uchrashuv davom etgan g‘alabasiz seriyasiga yakun yasagandi. Shundan so‘ng Anri Benjamin Xenrixs, Radamel Falkao, Sofyan Diop va Yusef Aita Bennasserni zaxira o‘rindig‘ida qoldirdi. Golovin yana asosiy tarkibda tushdi. 

Birinchi bo‘limda voqealar rivoji mantiqan davom etdi. 2:0 - «Atletiko» foydasiga. Madridliklar o‘yinni ishonch bilan nazorat qilishdi va raqibga hech qanday imkoniyat qoldirmadi. Birinchi gol 87-soniyada Koke tomonidan urildi, bu gol «matraschilar»ning YeChL tarixida urgan eng tezkor goli, monegaskliklarning turnir tarixida o‘tkazgan eng tezkor goli bo‘ldi.

Ikkinchi bo‘limda Anri maydonga Falkao, Diop va Tyuram-Yulenni tushirdi. Monegaskliklar o‘yinida kuchayish sezildi, Falkaoda golli vaziyatlar bo‘ldi. O‘yin oxirida «Atletiko» o‘zi muammo tug‘dirdi. Tilemansning jarima maydoniga uzatmasini Savich qo‘li bilan qaytardi — «nuqta»ni ko‘rsatdi. Stefanga esa ikkinchi sariq kartochkani. Ammo Falkao tepgan to‘p darvozaga aniq bormadi. Bu turnirdagi birinchisi emas, bungacha u «Tottenhem» va «Siti» darvozalariga ham penaltidan gol ura olmagandi.

«Monako» YeChLdagi 5 o‘yinda atigi bir ochko oldi, «Atletiko» keyingi bosqich yo‘llanmasini hal qildi.

Gol yo‘q, rekord bor


«Borussiya» D – «Bryugge» – 0:0
Borussiya D – Byurki, Pishchek, Akandji, Zagadu, Diallo (Xakimi, 80), Vittsel (Dileyni, 90), Daud, Pulishich, Roys, Gerreyru (Sancho, 73), Pako Alkaser.
Bryugge – Xorvat, Mata, Pulen, Mexele, Densvil, Vormer (Dekarli, 90), Nakamba, Amrabat, Bonaventure (Rits, 76), Uesli (Openda, 90), Vanaken.
Ogohlantirishlar: Densvil (14), Pako Alkaser (45).

«Atletiko» va «Monako» o‘yinidan keyin boshlangan bu uchrashuvda intriga yo‘qoldi. Endi uchiinchi o‘rindan pastga tushib ketmasligi aniq bo‘lgan belgiyaliklarni Yevropa Ligasi yo‘llanmasi ham qoniqtirardi. «Borussiya»ga esa pley-off yo‘llanmasini hal qilish uchun 1 ochko kifoya edi.

Bu o‘yin boshlanishi bilanoq dortmundliklarda rekord o‘rnatildi, jamoa himoyachisi Pishchek uchun bu YeChLdagi 45-o‘yin bo‘ldi. U Shtefan Royterga tegishli bo‘lgan klub rekordini yangiladi. 

Eriksen - najotkor

V guruhi
«Tottenhem» – «Inter» – 1:0
 (Eriksen, 80)
Gol: 1:0 – 80 Eriksen.
Tottenhem – Loris, Ore, Alderveyreld, Vertongen, Devis, Sissoko, Uinks (Dayyer, 87), Lukas Moura (Son Xin Min, 62), Alli, Lamela (Eriksen, 70), Keyn.
Inter – Xandanovich, D`Ambrozio, de Vrey (Miranda, 82), Shkrinyar, Asamoa, Vesino, Brozovich, Politano (Keyta Balde, 83), Nainggolan (Valero, 44), Perishich, Ikardi.
Ogohlantirishlar: Alderveyreld (28), Lamela (45), de Vrey (70), Son Xin Min (73), Valero (81).

«Uembli»da kechaning eng intrigali o‘yinlaridan biri bo‘lib o‘tdi. Londonliklar faqat to‘rtinchi turdan keyingina pley-off uchun poygaga qo‘shilgandi. Keyingi haftalarda jamoa o‘z o‘yinini topib oldi, avvaliga ichki chempionatda «Chelsi»ga qarshi yorqin o‘yin ko‘rsatilib, ishonchli g‘alabaga (3:1) erishildi, keyin esa Luchano Saplletti jamoasi taslim etildi.

Maydon egalari o‘yinni hujumkor ruhda o‘tkazishdi, ammo birinchi bo‘limda to‘p darvozaga kirmadi. Vaziyatlardan birida Uinksning zarbasi darvoza to‘sinidan qaytdi, qolaversa mehmonlar yetakchisi Nayngolan birinchi bo‘lim oxirida jarohat olib safdan chiqdi.

Ikkinchi bo‘limda Dayyer Eriksenning ajoyib pasini golga aylantira olmadi. Lekin zaxiradan o‘yinga qo‘shilgan daniyalik futbolchining o‘zi baribir gol urdi.

«Tottenhem» endi jadvalda «Inter»dan oldinda, endi jamoa oxirgi turda «Kamp Nou»da, guruh masalasini hal qilib bo‘lgan «Barselona»ga qarshi o‘yinda qahramonlik ko‘rsatishi talab etiladi.

«PSV» – «Barselona» – 1:2
Gollar: de Yong, 82 – Messi, 61. Pike, 70
PSV – Zut, Dumfris, Shvaab, Virgever, Tasende, Rosario, Xendriks (Guterres, 71), Pereyro (Malen, 71), de Yong, Losano, Bergveyn (Romero, 79).
Barselona – ter Stegen, Nelson Semedu, Pike, Langle, Alba, Vidal, Buskets, Rakitich, Dembele (Denis Suares, 80), Messi, Koutino (Malkom, 69).
Ogohlantirishlar: Xendriks (25), Guterres (83), de Yong (83), Alba (86), Pike (90).

O‘tgan turda pley-off masalasini hal qilgan «Barselona» o‘z tarixida yigirmanchi marta YeChL guruhi g‘olibi bo‘lgandi. Ammo Eyndxovenda jamoa qiyinchilikka duch keldi. Avvaliga Pereyroning zarbasi darvoza ustunini zir titratdi, de Yongda ketma-ket golli vaziyatlar yuzaga keldi. Uning birinchi bo‘lim oxiridagi zarbasi darvoza to‘siniga tegdi. Birinchi bo‘lim qahramoni 8ta seyv qilgan (bu mavsumdagi rekord) ter Shtegen bo‘ldi.

Tabloda nollar yonib turardi, ammo mehmonlar safida individual mahoratli futbolchilar yetarli edi. Saviya o‘z so‘zini aytdi va Messi katta sahnaga chiqdi.

U dastlab o‘zi himoyachilar va darvozabonni shoshirib qo‘yib hisobni ochdi, keyinroq jarima zarbasini ijro etib, to‘pni darvoza qarshisidagi Pikening oyoqlariga qo‘ndirdi.

 

Endi Messi Chempionlar ligasida bir klub safida urilgan gollar soni bo‘yicha yana Krishtianu Ronalduni ortda qoldirmoqda: argentinalik futbolchi hisobida endi YeChLda urilgan 106 gol mavjud, portugaliyalik futbolchi esa bu mavsumda oqsamoqda, u 5 o‘yinda faqat bitta gol bilan kifoyalangan.

Hayot-mamot o‘yini
S guruhi
«PSJ» (Fransiya) - «Liverpul» (Angliya) - 2:1 
(2:1)
Gollar: 1:0 – 13 Bernat, 2:0 – 37 Neymar, 2:1 – 45, penalti Milner.
PSJ – Buffon, Kerer, Tiago Silva, Kimpembe, Bernat, Di Mariya (Dani Alves, 65), Markinos, Verratti, Neymar, Kavani (Shupo-Moting, 65), Mbappe (Rabo, 85).
Liverpul – Alisson, Gomes, Lovren, van Deyk, Robertson, Veynaldum (Keyta, 66), Henderson, Milner (Shakiri, 77), Saloh, Firmino (Starrij, 71), Mane.
Ogohlantirishlar: Veynaldum (17), Verratti (24), Gomes (34), Starrij (84), van Deyk (90), Robertson (90), Neymar (90), Keyta (90).

Noyabr oyidayoq «PSJ» va «Liverpul» o‘yini hayot-mamot o‘yiniga aylanishini ko‘pchilik kutmagandi. Parijliklar ichki chempionatda hech kimni ayab o‘tirishmayapti, «Monako» 4:0, «Lion» 5:0, «Marsel» 2:0 hisoblarida mag‘lub etildi. Parijliklar Neymar va Mbappe bir vaqtda jarohat olib, safdan chiqqan vaqtda ham 3 ochko olishda davom etdi. 

Ammo Chempionlar ligasida barchasi teskari ketdi. Jamoa «Liverpul» bilan o‘yingacha faqat bir marta g‘alabaga erishgandi - Parijda «Tsrvena Zvezda» mag‘lub etilgan, «Liverpul»ga qarshi safar o‘yini boy berilgan, «Napoli» bilan ikki o‘yin ham durang hisoblarda tugagandi. Beshinchi turda ham ochko yo‘qotsa, «PSJ» YeChL bilan qishdayoq xayrlashishiga to‘g‘ri kelardi. Shu bilan jamoa mavsumdagi motivatsiyani yo‘qotardi. Axir Neymar, Mbappe va Buffon Yevropa Ligasida o‘ynash uchun Parijga kelishganmidi?

Parijliklar ilk daqiqalardanoq o‘z futbollarini namoyish eta boshlashdi. Jamoa o‘z qarshisida «Liverpul» emas, xuddi Fransiya divizioni jamoasi turgandek o‘ynadi. «PSJ» Klopp kutganidek qarama-qarshi kurslarda o‘ynamadi, balki shunchaki futbol o‘ynadi: aqlda, oyoqda, tezlikda va geometriyada ustun keldi.

Birinchi bo‘limda «PSJ» bergan 7 zarbadan 6tasi darvozaga yetib bordi, ikki aniq zarba golga aylandi. Dastlab himoyachi Bernat hisobni ochdi. Bu vaziyatda mersisaydliklar maydon markazida qo‘pol xatolarga yo‘l qo‘yishdi va qarshi hujum gol bilan yakunlandi. 

Mehmonlar ham hujumlar uyushtirishdi, ammo golli vaziyatlar yuzaga kelavermadi. «Liverpul» bu mavsumda safar o‘yinlarida hech narsa qila olmayapti, «Napoli» va «Tsrvena Zvezda»ga qarshi o‘yinlarda gol ura olmasdan mag‘lub bo‘ldi.

Ikkinchi gol Saloh raqib hududida xato pas berishi ortidan yuzaga keldi. To‘pni egallab olgan Neymar va Mbappe 3ta pas bilan butun maydonni kesib o‘tishdi. Ular bilan birga jarima maydoniga kirgan Kavanining zarbasini Ederson qaytardi, ammo Neymar qaytgan to‘pni darvozaga aniq yo‘lladi. Neymar endi Kakani ortda qoldirgan holda YeChL o‘yinlaridagi eng yaxshi braziliyalik to‘purarga aylandi (31 gol).

Ikkinchi bo‘limda Di Mariya jarima maydonida Maneni yiqitdi va liperpulliklarning shtatdagi penaltisti Milner hisobni qisqartirdi. Shundan keyin parijliklar sun'iy ravishda o‘yin tempini pasaytirishdi. Milnerning golidan keyin mersisaydliklarda umid paydo bo‘ldi, ammo Milnerning penaltidan zarbasi 90 daqiqa davomida berilgan yagona aniq zarba bo‘lib qoldi. «PSJ» ikkinchi o‘ringa ko‘tarildi, «Liverpul» endi oxirgi turda o‘z maydonida «Napoli»dan gol o‘tkazmasdan g‘alaba qozonishi (yoki ikki to‘p farqi bilan) shart.

Intriga qizimoqda
«Napoli» - «Tsrvena Zvezda» – 3:1 (Hamshik, 11. Mertens, 33, 52 – Ben Nabuan, 57)
Napoli – Ospina, Maksimovich, Albiol (Xyusay, 46), Kulibali, Mariu Ruy, Kalexon (Rog, 86), Allan, Gamshik, Fabian Ruis, Insine (Zelinski, 77), Mertens.
Tsrvena Zvezda – Boryan, Gobelich, Degenek, Babich, Rodich, Srnich (Yovanchich, 64), Krstichich, Ben-Nabuan, Marin, Simich (Ebesilio, 77), Stoilkovich (Yovelich, 46).
Ogohlantirishlar: Krstichich (45), Yovanchich (75), Gobelich (81), Xyusay (89).

O‘tgan turda belgradliklar «Liverpul»ni nokautga uchratishgandi. Karlo Anchelotti shogirdlari ham birinchi turda Belgradda muvaffaqiyatsizlikka uchrashgan va golsiz durang bilan qaytishgandi. Serblar o‘z ochkolarini o‘z maydonlarida qo‘lga kiritishmoqda, jamoa Parij va Liverpuldagi ikki safar o‘yinida to‘plar nisbati bo‘yicha 1:10 ko‘rsatkichini qayd etishgandi. 

Neapolda serblarning «qo‘rqinchli tushi» davom etdi. O‘yin boshidayoq Hamshik hisobni ochdi. Qolganini Mertens davom ettirdi. Dris o‘z dublidan keyin Chempionlar ligasidagi eng samarador belgiyalik bo‘lib oldi (10 gol), u «Napoli»ning yevrokuboklarda eng ko‘p gol urgan futbolchisi maqomini Kavanidan tortib oldi (Yevropa Ligasidagi gollar qo‘shib hisoblanganda jami 20 gol). Shuningdek, uning «Neapol»da barcha turnirlar doirasidagi o‘yinlarda urgan gollari soni 100taga yetdi.

Endi italyanlar «Enfild»da durang uchun o‘ynashadi, 1:2 yoki 2:3 hisobidagi mag‘lubiyat ham jamoani qoniqtirishi mumkin. 

Kechikkan g‘alaba

D guruhi
«Lokomotiv» (Rossiya) – «Galatasaroy» (Turkiya) – 2:0
 (1:0)
Gollar: Donk, 43 - avtogol (1:0). Ignatev, 54 (2:0).

Turklar Moskvaning sovuq havosida o‘z o‘yinini ko‘rsata olmadi. Beshinchi turga kelib, «Lokomotiv» pley-offga chiqish imkoniyatini yo‘qqa chiqargandi. Beshinchi turda esa Yuriy Syomin shogirdlari «Galatasaroy»ning imkoniyatini ham yo‘qqa chiqarishdi.

Birinchi bo‘limda Krixovyakning zarbasini mehmonlar himoyachisi Donk darvozaga to‘g‘rilab yubordi. Ikkinchi bo‘limda Ignatev g‘alabani ta'minlagan golni urdi.

Endi «temiryo‘lchilar» Yevropa Ligasi yo‘llanmasi uchun «Galatasaroy» bilan raqib bo‘ladi. Oxirgi turda moskvaliklar jamoasi motivatsiyasiz «Shalke»ni yengishi, «Galatasaroy» guruh peshqadamligi uchun o‘ynaydigan «Portu»ni yengishidan osonroq.

«Portu» – «Shalke» – 3:1
Gollar: Eder Militau, 52. Korona, 55. Marega, 90+4 – Bentaleb, 89, penalti

Moskvadagi o‘yindan keyin Lissabondagi o‘yinda intriga qolmadi. «Portu» ham, «Shalke» ham avtomatik ravishda keyingi bosqich yo‘llanmasini hal qildi. Bunday vaziyatda futbolchilar o‘z zavqlari uchun to‘p tepishadi, mezbonlar yaxshiroq to‘p tepishdi. Ammo birinchi bo‘limda Fermann ketma-ket qahramonliklar ko‘rsatib, darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.

U ikkinchi bo‘limda «Portu» burchak to‘pidan keyin hisobni ochgunicha jamoani qutqarishda davom etdi. Shundan keyin Serjiu Konseysau shogirdlari yana ikkita gol urishdi.

Endi «Lokomotiv» «Portu» oxirgi turda Istanbulda ham shunday o‘yin ko‘rsatishiga umid qilishi kerak bo‘ladi. Lissabonliklar hujumchisi Marega esa Istanbulda portugal futboli afsonasi, YeChLning qatorasiga 4 o‘yinida gol urgan Mariu Jardelning natijasini takrorlashga urinib ko‘radi.

Aziz Qarshiyev tayyorladi 

Mavzuga oid