O‘zbekistonda birinchi xususiy vagonlar parki shakllanmoqda
«Sibir ishbilarmonlik uyushmasi» xoldingiga kiruvchi «Altayvagon» O‘zbekistonning Cotton Logistics Company AG kompaniyasi uchun 200ta usti yopiq vagonni ishlab chiqaradi va yetkazib beradi. Bu haqda Oltoy o‘lkasi sanoat va energetika boshqarmasi xabar berdi, deb yozmoqda «Kommersant'».
«Oltoy vagonlari O‘zbekiston temir yo‘llarida qayd etilgan, xususiy parkning birinchi vagonlariga aylanadi», - deya aytib o‘tishgan boshqarmadan.
Bundan oldin barcha yuk vagonlar parki mamlakat temir yo‘llarini boshqaradigan «O‘zbekiston temir yo‘llari» davlat korxonasi mulki hisoblanar edi.
40ta vagondan iborat birinchi partiya noyabr oyida ishlab chiqarilgan. Yaqin kelajakda u O‘zbekistonga jo‘natiladi. Dekabr oyida «Altayvagon» 60ta vagondan iborat ikkinchi partiyani ishlab chiqaradi.
Mavzuga oid
21:05 / 22.09.2021
“Legioner-muallim”. Vagonda yashaydigan Akmaljon Mamatvaliyev hikoyasi
15:22 / 10.03.2021
O‘zbekiston va Tojikiston Bekobod-Konibodom-Qo‘qon temir yo‘lini elektrlashtiradi - OAV
12:08 / 25.01.2019
O‘zbekiston va Tojikiston temiryo‘lchilari hamkorlikning yangi rejalarini muhokama qilishdi
13:26 / 16.01.2019