Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh apellyatsiya sudi «Kasperskiy»ga rad javobi berdi. Kompaniya bayonot bilan chiqdi
AQSh Kolumbiya okrugi apellyatsiya sudi «Kasperskiy laboratoriyasi»ning Qo‘shma Shtatlar davlat idoralarida o‘z mahsulotini taqiqlash bo‘yicha da'vosini rad etishni tasdiqladi. Bu haqda sud qarorida aytiladi.
Apellyatsiya instansiyasi quyi sudning da'vogarlar o‘z arizasini isbotlab bermagani, sudda bu masala bo‘yicha yurisdiksiya yo‘qligi va agar hattoki da'vo qanoatlantirilganida ham, «Kasperskiy» dasturlariga taqiq o‘zgarishsiz qolishi haqidagi qaroriga qo‘shildi.
AQSh Ichki xavfsizlik vazirligi 2017 yil 13 sentabrda barcha davlat idoralari va ularga aloqador bo‘lgan kompaniyalarga «Kasperskiy laboratoriyasi» dasturlaridan foydalanishni uch oy ichida to‘xtatish bo‘yicha choralar qo‘llash haqidagi direktivani e'lon qildi. Ular, mahkama fikriga ko‘ra, AQSh milliy xavfsizligiga zarar yetkazishi mumkin.
«Kasperskiy laboratoriyasi» kompaniyaga AQSh davlat muassasalarida mahsulotini taqiqlash bo‘yicha da'vosi rad etilishini tasdiqlagan sud qaroridan afsusda, «Kasperskiy laboratoriyasi» mamlakat bozorida ishlashni davom ettiradi, deya xabar berishgan kompaniyadan.
«Kasperskiy laboratoriyasi» AQShdagi apellyatsiya sudi quyi turgan sudning kompaniya ishi bo‘yicha qarorini tasdiqlaganidan afsusda. Ushbu qarorga qaramay, «Kasperskiy laboratoriyasi» AQSh va butun dunyodagi boshqa o‘z mijozlariga kiberxavfsizlik sohasidagi eng yangi yechimlarni taqdim etishdan to‘xtamaydi», - deya aytib o‘tishgan kompaniyadan.
«Kasperskiy laboratoriyasi» yana bir bor ma'lum qiladiki, u kibermakondagi hujumkor harakatlarga hech qachon aloqasi bo‘lmagan va bo‘lmaydi, Amerika sudining qarorida bu bayonotga zid keladigan xulosalar yo‘q. «Kasperskiy laboratoriyasi» hali ham barcha manfaatdor tomonlarni ochiq muloqot, hamkorlik va birgalikda ishlashga taklif qiladi», - deya qayd etib o‘tishgan kompaniyadan.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
15:12 / 26.05.2026
Narkojinoyatda ayblanib, qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik AQShdan deportatsiya qilindi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025