Aqto‘be fojiasi. Toshkentda mash'um avtobus egasi qo‘lga olindi
2018 yil 18 yanvar kuni, soat taxminan 10.30larda «Samara-Chimkent» avtomobil yo‘lining 1068-kilometrida ikki yarusli «Kassbohrer» avtobusi yonib ketgandi, uning ichida 57 kishi bo‘lgan. Ro‘y bergan hodisa oqibatida O‘zbekiston Respublikasining 52 nafar fuqarosi halok bo‘ldi, 5 kishi kuyish jarohatini oldi.
Ushbu avtobus Qozog‘iston Respublikasining 46 yoshli fuqarosi O.M.ga tegishli bo‘lib, u Qozog‘iston Respublikasi huquq-tartibot idoralariga bormagan va tergovdan yashiringan. Qozog‘iston Respublikasida u mamlakat Jinoyat kodeksining 348-moddasi 4-qismida («Avtomobillarning sifatsiz darajada ta'mirlanishi yoki ularning texnik nosozliklar bilan ishga tushirilishi») nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda ayblanmoqda.
Poytaxt IIBB xabariga ko‘ra, 2018 yil 20 noyabr kuni Toshkent shahrining Sergeli tumanida o‘tkazilgan qo‘shma tezkor-qidiruv tadbirlari davomida davlatlararo qidiruvda bo‘lgan O.M. qo‘lga olindi.
22 noyabr O.M. ekstraditsiya qilish masalasi hal qilinmagunga qadar, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining tegishli muassasasiga joylashtirildi.
Qayd etilishicha, qo‘lga olingan shaxsni Qozog‘iston Respublikasi huquqni muhofaza qilish idoralariga topshirish tartibi Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasidagi xalqaro huquqiy kelishuvlarga muvofiq o‘tkaziladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq prokuror Aqto‘beda yonib ketgan avtobusdagi o‘zbekistonliklar nega darhol yugurib chiqishmaganini aytgandi.
Mavzuga oid
21:02 / 26.11.2024
Toshkent shahridagi ayrim avtobuslar harakati yo‘nalishi vaqtincha o‘zgartiriladi
21:21 / 13.11.2024
Urganchga Xitoydan 30 dona zamonaviy avtobus olib kelindi
20:17 / 13.11.2024
Pokistonda to‘y avtobusi daryoga qulashi oqibatida 22 kishi halok bo‘ldi
09:26 / 13.11.2024