Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Radada rossiyalik ayollarning Ukrainaga kirishini taqiqlash taklif etildi
Ukraina oliy radasining milliy mudofaa va xavfsizlik masalalari bo‘yicha qo‘mitasi a'zosi, “Xalq fronti” fraksiyasi deputati Andrey Teteruk Ukrainaga Rossiya pasportiga ega ayollarni kiritishni taqiqlashni taklif qildi.
Uning fikricha, hukumat bolalar va pensiya yoshidagilardan tashqari, Rossiyaning deyarli barcha erkak aholisini non grata personalari deb e'lon qilib, chala qaror qabul qilgan. Shu sababli deputat Ukraina chegarasini rossiyalik ayollarga ham yopish kerak, deb hisoblamoqda.
30 noyabrda Kiyev Moskva Ukrainada “xususiy armiyalar” otryadlarini shakllantirmasligi uchun 16 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan rossiyalik erkaklarning Ukrainaga kirishini chekladi. Shu sababli Ukraina chegarasidagi nazorat o‘tkazish punktlarida chegaraning kesib o‘tilishi ortidan nazorat kuchaytirilgan.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi
20:37 / 27.05.2025
Kellog: Rossiya va Ukrainaning urushdagi yo‘qotishlari 1 million kishidan oshdi
20:17 / 27.05.2025