Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonlik fotomuxbir Rossiyadagi festival sovrindori bo‘ldi
30 noyabr kuni Moskvada Rossiya sport jurnalistikasida faoliyat yurituvchi ijodkorlar o‘rtasidagi «G‘alaba energiyasi» festival-tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
18-marotaba tashkil etilgan konkursda o‘ndan ortiq yo‘nalishlarda eng yaxshi deb topilgan OAV xodimlariga oltin, kumush va bronza medallari topshirildi.
Tanlovning «Xorijiy rusiyzabon OAVda e'lon qilingan eng yaxshi fotoreportaj» nominatsiyasida o‘zbekistonlik Anvar Ilyasov ham g‘oliblar qatorida e'tirof etildi. «Jahon» axborot agentligi fotomuxbiri nufuzli sport musobaqalaridan tayyorlagan sifatli fotolavhalari uchun bronza medaliga munosib deb topildi va shunga muvofiq uchinchi darajali diplom bilan taqdirlandi.

Ma'lumot uchun, Anvar Ilyasov sport jurnalistikasida uzoq yillik tajribaga ega professional fotomuxbir sanaladi. U o‘zbekistonlik sportchilar ishtirokidagi yirik sport anjumanlarini doimiy ravishda jonli suratlar vositasida yoritib kelmoqda.
Mavzuga oid
14:59 / 28.04.2025
Toshkentda gullar festivali munosabati bilan ayrim ko‘chalarda transport harakati cheklanadi
09:53 / 30.01.2025
Hindistonda festivaldagi tiqilinch kamida 30 kishining hayotiga zomin bo‘ldi
15:42 / 14.01.2025
Hindistonda eng yirik festival boshlandi. Unga 400 mln kishi tashrifi kutilmoqda
09:44 / 07.09.2024