Uaylder va Fyuri o‘rtasidagi jang durang bilan yakunlandi. Ular yana kuch sinashishmoqchi
Amerikalik Deontey Uaylder Buyuk britaniyalik Tayson Fyuriga qarshi o‘tkazilgan jangda boks bo‘yicha og‘ir vaznda jahon chempioni unvonini himoya qildi. Los-Anjyelesdagi Staples Center arenasida bo‘lib o‘tgan jang durang bilan yakunlandi.
To‘qqizinchi raund o‘rtalarida Uaylder Fyurini ketma-ket uchta zarba berib nokdaunga uchratdi. Fyuri 12-raund boshida yana bir bor nokdaunga uchradi.
Jang yakunida hakamlardan biri Uaylder 115:111 hisobida g‘alaba qozonganini qayd etdi. Ikkinchi hakam Fyurini g‘olib deb topdi (114:110). Uchinchi hakam 113:113 hisobida durang bo‘ldi deb hisobladi.
Uaylder va Fyuri professional ringda bir marta ham mag‘lubiyatga uchramagan. Amerikalik bokschi hisobida 40 g‘alaba (39 nokaut) va bir durang bo‘lsa, britaniyalik bokschi 27 g‘alaba (19 nokaut) va bir durang qayd etgan.
Jangdan keyin bergan intervyularida har ikki bokschi revansh jangi o‘tkazish istagida ekanligini aytdi.
"Navbatdagi jangim Fyuri bilan revansh jangi bo‘ladimi, buni bilmayman, ammo buni quvonch bilan qarshi olgan bo‘lardim", dedi Uaylder
"Biz albatta revansh o‘tkazamiz, bunga tayyorlanaveringlar", dedi Fyuri.
The people’s champion @Tyson_Fury @BronzeBomber #WWE #Undertaker pic.twitter.com/tPYXZxnD74
— Jonathan Walters (@JonWalters19) December 2, 2018
Mavzuga oid
09:57 / 10.10.2021
Nokdaunlar almashinuvi va yakuniy nokaut. Fyuri Uaylder bilan qarama-qarshilikka nuqta qo‘ydi
09:00 / 23.08.2020
Povetkin Uaytni nokautga uchratdi. U endi Tayson Fyuri bilan jang qilishi mumkin
11:20 / 23.02.2020
Fyuri Uaylderning kamarini tortib oldi
11:35 / 24.11.2019