Jahon | 11:36 / 03.12.2018
10833
2 daqiqa o‘qiladi

Yaponiya Xitoyga protest bildirdi

Foto: AFP

Yaponiya bahsli hududdagi gaz konlarini o‘zlashtirish boshlangani munosabati bilan Xitoyga protest bildirdi. Bu haqda TASS Yaponiya vazirlar mahkamasi bosh kotibi Yesixide Suguga asosan xabar qildi.

Ta'kidlanishicha, Xitoy tomoni bir tomonlama ravishda Sharqiy-Xitoy dengizi mintaqasidagi o‘z faoliyatini tiklagan.

«Bu harakatlar Yaponiyaning pozitsiyasiga mutlaqo ziddir. Xitoy bir tomonlama tarzda o‘zlashtirishni davom ettirayotganidan juda afsusdamiz. Biz protest bildirdik», - deya ma'lum qilgan Suga.

Aniqlik kiritilishicha, 2008 yilda Yaponiya va Xitoy Sharqiy-Xitoy dengizidagi gaz maydonlarini birgalikda o‘zlashtirish to‘g‘risidagi bitimni imzolagan. Biroq, 2010 yilda Yaponiya sohilni qo‘riqlash xizmati bahsli hudud sanaluvchi Senkaku orollari hududida Xitoyga tegishli baliq ovlovchi traulerni qo‘lga olgach, bitim bo‘yicha muzokaralar muzlatib qo‘yildi.

Ta'kidlanishicha, ushbu hodisadan keyin yapon hukumati bir necha marotaba Xitoyni gaz konlarini bir tomonlama o‘zlashtirishda gumonladi. Bu mamlakatlar o‘rtasida mavjud bo‘lgan amaldagi bitimga qaramay yuz berdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe Rossiya prezidenti Vladimir Putinga Kuril orollari bo‘yicha va'da bergandi.

Mavzuga oid