Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Surxondaryoda yangi oilaviy mehmon uylari ish boshladi
Surxondaryo viloyatida yangi oilaviy mehmon uylari o‘z ishini boshladi, jumladan, Denov shahrida – Vektor Oyl va Termizda New City mehmon uylari faoliyat ko‘rsatmoqda. Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi shu haqida xabar berdi.
Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 7 avgustidagi "Oilaviy mehmon uylari faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida"gi qaroriga ko‘ra, bugunga kelib O‘zbekistonda turistik faoliyat sub'yektlarini rivojlantirish faol qo‘llab-quvvatlanmoqda va bu yangi mehmon uylari tashkil etilishiga samarali ta'sir ko‘rsatmoqda.
Vektor Oyl va New City mehmon uylari zamonaviy va qulay yotoqxonalar, mehmonxona, vannaxona, shuningdek rivojlangan infratuzilmaga ega. Mazkur oilaviy mehmon uylari 5 nafargacha kishini qabul qila oladi.
Bugunga kelib, O‘zbekistonda bir vaqtning o‘zida 300 nafargacha kishini qabul qila oluvchi, ro‘yxatdan o‘tgan mehmon uylari soni 36 taga yetdi.
Bundan avval Kun.uz'da O‘zbekiston Xususiy sayyohlik tashkilotlar uyushmasi o‘z tuzilmasida mehmon uylarini qo‘llab-quvvatlovchi va rivojlantiruvchi bo‘lim faoliyatini yo‘lga qo‘yishni rejalashtirayotganiga oid xabar berilgan edi.
Mavzuga oid
11:58 / 24.05.2025
Surxondaryoda giyohvandlik vositasini 20 ming dollarga sotishga uringan shaxslar ushlandi
09:12 / 22.05.2025
Surxondaryoda qovun yegan fuqarolar zaharlangani rad etildi
16:37 / 20.05.2025
Surxondaryoda «Termiz muloqoti»ning birinchi yig‘ilishi boshlandi
08:56 / 19.05.2025