Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Taniqli qo‘shiqchi Ibrohim Junusov O‘zbekistondagi elchi etib tayinlandi
Qirg‘iziston prezidenti O‘zbekistondagi yangi elchini tayinlash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar bermoqda.
Matbuot xizmati ma'lumotlariga ko‘ra, Sooronbay Jeenbekov imzolagan farmon bilan Ibrohim Kojonazarovich Junusov Qirg‘iziston Respublikasining O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlandi.
Eslatib o‘tamiz, Junusov 2014 yil sentabr oyidan beri Qirg‘izistonning Turkiyadagi elchisi lavozimini egallagan. Qirg‘izistonning O‘zbekistondagi avvalgi elchisi Doniyor Sidiqov 5 mart kuni Qirg‘iziston prezidenti apparati tashqi siyosat bo‘limi mudiri etib tayinlandi.
Qirg‘izistondagi ayrim ommaviy axborot vositalari xabariga ko‘ra, Ibrohim Junusov mamlakatda qo‘shiqchi sifatida ham tanilgan.
Mavzuga oid
21:17 / 24.05.2025
“Mudofaamizga yana tahdid yuzaga kelsa, jim o‘tirmaymiz” – Pokiston elchisi bilan suhbat
07:50 / 24.05.2025
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Andijonda sezildi
16:53 / 23.05.2025
Qirg‘iziston prezidenti noqonuniy migrantlarga 10 iyungacha muhlat berdi
20:42 / 20.05.2025