Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Venesuela prezidenti Moskvaga tashrif bilan keldi
Venesuela prezidenti Nikolas Maduroning samolyoti Moskvadagi aeroportlardan biriga qo‘ndi.
4 dekabrga o‘tar kechasi Maduro Rossiyaga jo‘nayotganini e'lon qilgandi. U “prezident Putin bilan juda muhim uchrashuv belgilangani"ni ma'lum qilgan.
O‘z navbatida Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov 5 dekabrga Rossiya va Venesuela yetakchilari o‘rtasida muzokaralar o‘tishi rejalashtirilganini tasdiqlagan.
Vladimir Putin yordamchisi Yuriy Ushakov muzokaralar Rossiya va Venesuela o‘rtasidagi mavjud munosabatlar, strategik xavfsizlikni mustahkamlashga qaratilgani, unda savdo va investitsiyaviy aloqalarni yanada rivojlantirish, xalqaro kun tartibidagi dolzarb masalalar muhokama qilinishini ma'lum qilgan.
Putin va Maduro oxirgi marta 2017 yil oktabrda Moskvada uchrashishgan.
Mavzuga oid
08:25 / 28.05.2025
Sobyanin: Moskva yaqinida 30 dan ortiq dron yo‘q qilindi
07:41 / 10.05.2025
Moskvada Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putinning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
19:49 / 08.05.2025
Shavkat Mirziyoyev Moskvaga yetib bordi
14:35 / 08.05.2025