Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukraina Rossiyaga 89 kishini 42 kishiga almashishni taklif qildi
Ukraina Rossiyaga 42 nafar ukrainalikni Ukrainada ushlab turilgan 89 kishiga almashishni taklif qildi. Bunday tashabbusni Minskdagi uch tomonlama kontakt guruhida Kiyev vakili Yevgeniy Marchuk bildirgan.
Marchukning aytishicha, Ukraina mahbuslarni almashish taklifini bir necha kun avval yozma ravishda kiritgan. “Biz deyarli 90 kishi yangi yilni oilalari bilan o‘tkazishlari mumkin, deb hisoblaymiz”, deb aytgan siyosatchi.
Kiyev Ukraina turmalarida ushlab turilgan 23 rossiyalikni Rossiyada ushlab turilgan 23 ukrainalikka almashishga tayyor. “Ya'ni 23 nafarga 23 nafar”, deb ta'kidlab o‘tgan Marchuk. Bundan tashqari, Ukraina rahbariyati 66 ayirmachini Donetsk va Luganskda ushlab turilgan 19 ukrainalikka almashishni taklif qilmoqda.
Marchukning ta'kidlashicha, Ukraina mahbuslarni almashish jarayonini 27 dekabrda boshlashga tayyor, biroq Rossiya bunday takliflarni qabul qilmayapti. Ukraina vakilining aytishicha, “Rossiya o‘z fuqarolaridan voz kechmoqda”.
Ta'kidlanishicha, gap Kerch bo‘g‘ozida ushlangan ukrainaliklarni almashish haqida bormayapti, ular “hech qanday shartlarsiz” zudlik bilan ozod qilinishi kerak. Kiyev Moskvaga 23 siyosiy mahbus: Oleg Sentsov, Nikolay Karpyuk, Stanislav Klix, qrim tatarlarni va boshqalarni ozod qilishni taklif qilmoqda.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi
20:37 / 27.05.2025
Kellog: Rossiya va Ukrainaning urushdagi yo‘qotishlari 1 million kishidan oshdi
20:17 / 27.05.2025