Iqtisodiyot | 15:46 / 06.12.2018
57036
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistondagi eng yirik soliq to‘lovchilar ma'lum qilindi

Foto: KUN.UZ

O‘zbekistonda eng yirik soliq to‘lovchilar aniqlandi. Ularning to‘lovlari 2019 yilda mamlakat byudjyetidagi umumiy tushumlarning 37,5 foizini tashkil etadi.

«Fuqarolar uchun byudjyet 2019» loyihasi doirasida Moliya vazirligi 20ta eng yirik soliq to‘lovchi ro‘yxatini e'lon qildi. Ular davlat byudjyetiga tushumlarning deyarli 38 foizini ta'minlaydi.

Top-20da «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» yetakchilik qilmoqda - kombinatning soliq to‘lovlari 2019 yilda O‘zbekiston umumiy byudjyetidan 6,8 foizni tashkil qiladi. Ikkinchi o‘rinda «O‘ztransgaz» AK - kompaniyaning byudjyetdagi ulushi 6,4%. Kuchli uchlikka «Lukoyl O‘zbekiston Opereyting Kompani» MChJ yakun yasab berdi - 4,5%.

Bundan tashqari, O‘zbekistonning eng yirik soliq to‘lovchilari Top-10ligiga «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati», (3,6 %), «O‘zbat» AJ (2,5%), «Uz-Kor Gas Chemical» MChJ (1,6 %), «Muborak neftgaz» MChJ (1,4 %), «Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi» MChJ (1,3%), «Buxoro neftni qayta ishlash zavodi» (1,3%) va «Qizilqumsement» AJ (1,2%) kirdi.

Quyida Top-20 soliq to‘lovchilar ro‘yxati diagramma ko‘rinishida keltiriladi:

Joriy yilning iyul oyi o‘rtalarida Moliya vazirligi O‘zbekistondagi eng yirik soliq to‘lovchilardan tushumlar ulushi haqidagi ma'lumotni e'lon qilgandi. O‘shanda eng ko‘p tushum «O‘ztransgaz» hissasiga to‘g‘ri keldi (5,1%), keyin ikkita kon-metallurgiya zavodi bormoqda - Navoiy (5%) va Olmaliq (3,1%).

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda inflyatsiya 2021 yilga borib 9,9 foizga tushishi mumkin ekani xabar qilingandi.

Mavzuga oid